Avtomobillar AGMK azolarini kutmoqda FOTOGALEREYA
09 noy 2018 15:22
Yangiliklar


Avtomobillar AGMK azolarini kutmoqda FOTOGALEREYA
Olmaliq shahrida katta futbol bayrami davom etmoqda.
AGMK klubi O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgani munosabati bilan bugun shaharda katta bayram tadbiri o'tkazilmoqda.
Bugun AGMK murabbiy, futbolchi va xodimlariga klub rahbariyati tomonidan avtomobillar topshiriladi.
Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov va klub direktori Muxtor Qurbonovga "Jentra" (Lasetti), futbolchilar va murabbiylar shtabidagilarning har biriga "Kobalt", klubning ishchi guruhi (Adminsratorlar, shifokor, massajchi, matbuot kotibi va h.)dagilarga esa "Spark" avtomobillari topshiriladi. Ayni paytda ulovlarning barchasi stadionga keltirilgan.
AGMK jamoasi azolarini munosib etirof bilan qutlab qolamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar