So’nggi yangiliklar

12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар терма жамоасининг бўлажак ўйинлар учун таркиби маълум   0 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  3 11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  3 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  13 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  3 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  3 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  5 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  2 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  1 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  1 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  46

Avstriyalik Zlatan haqida hikoyalar Yangiliklar

Avstriyalik Zlatan haqida hikoyalar

Avstriya terma jamoasi va Stok Siti klubi azosi Marko Arnautovichning fel-atvori juda g'alati. CHunki u mudom muammolar girdobida yurishni xush ko'radi.

Jumladan, gohida policiyachiga qo'pollik qilsa, goh jamoadoshlari bilan mushtlashadi. Bazida Mourinoga gap qaytarib, bazan Tomas SHaafning yonidan qo'l bermay o'tib ketaveradi. Quyidagi kichik hikoyalar esa  Marko haqida to'liqroq tasavvur hosil qilishingiz uchun yordam beradi.

************

Gollandiyaning Tvente klubi vakillari 17 yoshli Marko Arnautovichni Venadan olib ketishayotganda, murakkab xarakterga ega inson bilan shartnoma tuzishganini yaxshi bilishardi. CHunonchi, yigitcha hali yosh bo'lsa-da, intizomsizligi tufayli tinmay klubini almashtirib yurgandi. Gollandlar yana shukur qilishlari kerak, chunki avstriyalik yigitcha Tventeda atigi bir bor shovqin ko'tardi, xolos: Villem himoyachisi Ibrohim Kargbo Arnautovich uni nigger deb chaqirganini davo qilib, dod-voy soldi. Tabiiyki, jurnalistlar darhol diktofonni qo'lga olib, Tvente ustozi Stiv Maklaren qoshiga chopishdi. Murabbiy esa ularga javoban hali Marko bilan bu masala yuzasida gaplashmaganini, ammo u irqchilik qilmaganiga ishonchi komil ekanini aytdi. Xullas, o'shanda Gollandiya ligasi masullari Arnautovichga qarshi hech qanday dadil-isbot topa olishmadi. Bu ish bosdi-bosdi bo'lganidan keyin Maklaren Arnautovich haqida g'alatiroq fikr aytdi: Yigitcha nihoyatda qobiliyatli, ammo shu bilan birga, mutlaqo tentak!

************

Marko Tventedan ijara asosida Interga o'tgan chog'lari darrov o'ziga toychoq topib oldi. Bu qanday mashina ekanini bilasizmi? Narxi 150 ming evro turadigan Bentley GT63! Aslida avtoulov Markoning o'ziniki emasdi. Gap shundaki, Arnautovichning haydovchilik guvohnomasi olganidan xabar topgan Samuel Eto~O yosh jamoadoshiga garajida turgan avtolardan hohlaganini olib haydayverishi mumkinligini aytadi. SHunday qilib, Marko ikki haftacha uning Bentlisida sayr qiladi. Lekin kunlarning birida u do'stlari bilan kafega kirib ketganida, mashinani o'g'rilar olib qochadilar. Men doim uni yuvib, ehtiyotlab haydardim. Tashqarida mashina yo'qligini ko'rgach, shokka tushib qoldim. O'lguday qo'rqib ketdim, - deb eslaydi Arnautovich.

Markoning so'zlariga ko'ra, u shu zahotiyoq Eto~Oga qo'ng'iroq qilib, vaziyatni tushuntirgan. Sem bag'rikeng­lik bilan menga tasalli berdi: bu erda sening aybing yo'q. Lekin shunday bo'lsa ham, men unga kechasiyu-kunduzi qo'ng'iroq qilib, mashina haqida so'rab turdim. Bu narsa shunchalik meni chalg'itdiki, hatto mashg'ulotda ham o'zimni tuta olmadim. Xayriyatki, tez orada toychoq topildi. Men eng qo'rqqan narsa - Semning ishonchini yo'qotish edi, - deydi futbolchi.

************

Kunlardan bir kun Joze Mourinodan Arnautovich haqidagi fikrini so'rashdi. Murabbiy esa shunday javob berdi: Marko ajoyib yigit. Faqat u xuddi boladek fikr qiladi va o'zini yosh boladek tutadi. Arnautovich esa mazkur etirofga quyidagicha izoh berdi: Mourino tanqid qilgan vaqtda Marko jarohat orttirib oladi va bekorchilikdan zerikib, haftasiga besh marta tungi klublarga borishni odat qiladi. Zerikishdan xalos bo'lmoqchi edim, aftidan, xato yo'l tanlagan ko'rinaman, - deb o'zini oqlaydi Arnautovich. Eng qizig'i, Mourino va Arnautovich Interdan deyarli bir vaqtda ketishdi va oradan ko'p o'tmay, APLda yana uchrashishdi: Joze CHelsiga qaytdi, Marko esa Stok Siti safiga qo'shildi. O'tgan yil noyabrida Arnautovich londonliklar darvozasiga qoyilmaqom gol urdi, bir oydan keyin esa Jozeni ishdan bo'shatishdi.

************

Inter Evropa CHempionlar Ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritganidan so'ng Marko Arnautovich o'ziga CHempionlar Ligasi g'olibi yozuvi tushirilgan maxsus butsa tiktirib oldi. 2010 yilning yozida Marko 7,5 mln evro evaziga Verderga ko'chib o'tdi va ilk mashg'ulotga shu butsalarda chiqib keldi. Bu esa yangi jamoadoshlarining kinoyasiga sabab bo'ldi. CHunonchi, Marko ECHLda Milan klubi uchun bir daqiqa ham to'p surmagandi, axir. SHu bois Verder sport direktori Markoni media orqali qayta tarbiyalashga tushdi: Agar Arnautovich biz faqat birgalikda ishlash orqaligina hayot kechirayotganimizni tushuna olmasa, demak, uning Verderda kelajagi yo'q, hisobi.

************

Arnautovich avstriyalik jurnalistlarni sira yoqtirmaydi. Qachonki Avstriya terma jamoasi yutqazib qo'ysa, darrov meni aybdor qilishadi, - deydi alam bilan futbolchi. - Agar qaysidir o'yinda ikkita gol ursam, yana savol tug'iladi: nega endi uchta gol urmading? Hammaning topib olgani men va Alaba. Lekin farq shundaki, u - avliyo, men esa - gadoy. Nemis jurnalistlari-chi? Holat deyarli bir xil. Germaniyalik muxbirlar doim kaminaga qo'ng'iroq qilib, u erga qaytishimni so'rashadi. CHunki mensiz ular gazetaga chiqargani xabar topolmay, qiynalib qolishadi. Men bundan xursandman. Zero yangiliklar qatorida turli bo'htonlarni o'qish jonimga tegdi.

************

Nemis jurnalistlari chindan ham, Arnautovichsiz zerikib qolishdi. CHunki Marko har gal boshqalarda uchrayvermaydigan iboralardan foydalanardi. Masalan, Verder bir gal og'ir o'yin o'tkazib, mag'lubiyatga uchraganidan so'ng muxbirlar Markodan u o'zini Bremenda qanday his qilayotganini so'rashdi. Arnautovich esa bepisand ohangda ochig'ini aytdi-qo'ydi: Verder - axlatxona. Keyinroq esa Marko klub bosh murabbiyi Tomas SHaaf bilan bog'liq mojaroni boshlab, yana mediayulduzga aylandi. Zero u Verderga endigina qo'shilgan bo'lsa-da, murabbiy uni zaxiraga olsa, jahli chiqib, SHaafdek mutaxassisga qo'l uzatmay qo'ygandi. SHuningdek, qoida buzgani uchun uni to'xtatgan venalik policiya xodimiga qarata aytilgan quyidagi so'zlar ham tezda OAVda shov-shuv ko'tardi: Mening pulim shunchalik ko'pki, sening hayotingni butunlay sotib olishga qodirman. To'g'ri, tez orada Marko policiyachidan rasman uzr so'rab, unga Avstriya terma jamoasining keyingi o'yiniga chiqarilgan chiptadan ikkitasini sovg'a qildi. Lekin o'zi uyatda qoldi, baribir.

************

Arnautovich Verder o'tgan kunlarning birida antiqa holatga duch keldi - u mashg'ulotlar yoki o'yin vaqtida emas, iti bilan sayr qilib yurganida kulguli jarohat orttirib olib, olti haftaga safdan chiqdi. SHunda klub rahbarlari uni jamoa bazasiga qamab qo'yib, faqat mashg'ulotlar paytidagina qo'yib yuborishni ham o'ylab qolishdi. Lekin bu usul musiqachilarga yordam bermasdi, bizningcha. Zero, 2013 yili Arnautovich hatto klub bazasida ham janjal ko'tarib, Sokratis Papastatopulos (hozir u Dortmundda) bilan mushtlashib ketdi. Voqeani kimdir tasvirga olishga ulgurgan. Unda ayon bo'lishicha, Arnautovich himoyachi bilan yoqalashib, xuddi yuziga kuchli zarba egandek, erga qulagan. Biroq tasvirda Sokratis aytarli qo'pollik qilgani ko'rinmaydi. SHuningdek, Marko Gamburgga qarshi o'yinda bosh hakam bilan hazillashishga qaror qiladi. Natija qanday bo'lganini internetdagi rolikdan bilib olasiz...

************

Interda Marko Arnautovichning eng yaqin do'sti - Mario Balotelli edi. Marko va Mario - zo'r og'aynilar, eng qizig'i, ularning muammosi ham bir xil, - degandi Mourino g'ijinib. Joze bazida o'zini keksa bobodek tutib, muammo tug'diraverganimiz uchun bizni koyirdi. Lekin u bir gal mening o'zimga aytgan: bizga o'xshagan bebosh futbolchilar unga yoqar ekan, - deydi bunga javoban Balotelli. Mario Arnautovich Angliyaga ketayotganidan xabar topgach, shunday degandi: Tez orada inglizlar Balotelli kim ekanini butunlay unutishadi!.

Biroq u adashgani endi barchaga malum.

************

Negaki, Stok xuddi butunlay boshqa Marko Arnautovichnei xarid qilgandek: maydonda jo'shqin va foydali, kundalik hayotda esa og'ir va bosiq. The Sun nashri aniqlagan birgina holatda salgina g'ayrioddiylik bor: Marko bir kuni vannaxonasida kattakon o'rgimchak yurganini ko'rib qoladi va klubga qo'ng'iroq qila boshlaydi: meni bu balodan qutqaringlar!

Arnautovichning takidlashicha, qizchalik bo'lganidan so'ng u o'zini katta odamdek his qila boshlagan: Endi zimmamda ulkan masuliyat - otalik vazifasi bor. Demak, men aksariyat hollarda jimlikni saqlaganim maqul. CHindan ham, bosiq yigitga aylangan Arnautovich uchun 2015-16 yillar mavsumi klub miqyosidagi faoliyatida juda omadli bo'ldi: u turli xil musobaqalarda 12 ta gol urdi, sheriklarini qulay paslar bilan taminladi, ayniqsa, katta o'yinlarda ajoyib harakat qildi - CHelsi, Man Siti, Liverpul va MYU klublarini darvozasini ishg'ol qildi. Uning Stok bilan tuzgan shartnomasi yana bir yil davom etadi. Lekin Marko hozirning o'zida ham ECHLda o'ynash niyati borligini hech kimdan yashirmayapti.

************

Avstriya terma jamoasining so'nggi yillardagi tarixida Arnautovichning alohida o'rni bor. Jumladan, u termasining Evro-2016 saralash bosqichidan eson-omon o'tib olishiga ulkan hissa qo'shdi. Ayniqsa, saralashning Rossiyaga qarshi o'yinida u juda samarali to'p surdi. Bu o'yinda Avstriya g'olib chiqdi, Marko esa Sergey Parshivlyukni rosa qiynadi. Arnautovich dunyoga kelganidan beri bunday o'ynamagandi, aftidan, u RFPLga o'tmoqchi shekilli? - degandi o'yindan so'ng alam bilan Sergey SHavlo.

Garchi Avstriya qita birinchiligida sovrin ola bilmagan bo'lsa-da, avstriyaliklarning Arnautovichdan hali umidlari katta. SHuning uchun Markoni erkalab, tez-tez Zlatan Ibragimovichga taqqoslab turishadi. CHunonchi, Arnautovich ham Zlatan kabi baquvvat, betakalluf va ayni vaqtda, noyob istedodga ega. Hatto gohida Marko sochini ham shveciyalik hamkasbinikiga o'xshatib turmaklab oladi. Birgina savol tug'iladi: Marko Zlatan erishgan yutuqlarni qo'lga kiritadimi? Bunisi - vaqt hukmiga havola...

I.RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика