So’nggi yangiliklar

17:25"Тоттенхэм" МЮ футболчисига қизиқиб қолди  0 16:58Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойдаги турнирда қатнашади  3 16:41"Футбол олами". "Машъал"дан 4:0, "Насаф" марказий ўйинда ғалаба қозонди, Тошкент дербисида дуранг — 12-тур ҳақида батафсил   0 16:29Неймарнинг отаси: "Ўғлимни ҳар куни карнавалда деб ўйлашни бас қилинг"  2 16:00Ўзбекистон терма жамоаси сардори Элдор Шомуродовнинг нархи ошди  6 15:47Коул Палмер қимматбаҳо соат сотиб олди  0 15:21"Бавария" "Барселона" хавбекига қизиқиш билдирмоқда  0 14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 13:58Ҳожимат Эркинов: "Машинани акамга совға қилдим, чунки футболга кириб келишимда уларнинг ҳиссалари катта"  6 13:32Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин  0 13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  18 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  2 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  3

Avstraliyalik jurnalist Skott Makintayr: "O'zbekiston va Avstraliya guruhdan chiqishiga shubham yo'q" Yangiliklar

Avstraliyalik jurnalist Skott Makintayr: "O'zbekiston va Avstraliya guruhdan chiqishiga shubham yo'q"

Bugun Qatarda bo'lajak Osiyo kubogi final bosqichiga qura tashlandi.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan kurash olib boradigan bo'ldi.

Championat.asia saytining uzoq yillik do'sti, avstraliyalik jurnalist Skott Makintayr qura natijalari bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.


"O'zbekiston va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi so'nggi uchrashuv, Osiyo kubogi-2019da bo'lgan edi. O'shanda O'zbekiston penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan edi.

Bu ikki terma jamoa uchun ham esda qolarli bahs bo'lgan edi, O'zbekiston mag'lub bo'lgani uchun o'sha o'yinni ko'p eslashi aniq. Lekin Avstraliya uchun ham o'sha uchrashuv katta ahamiyatga ega, sababi juda qiyin bo'lgan edi. Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold qura natijalari aniq bo'lganidan so'ng, o'z fikrlari bilan bo'lishdi: "Guruhimiz ancha qiyin, lekin Qatar mamlakati biz uchun begona emas".

Haqiqatdan ham Qatar Avstraliya terma jamoasi uchun o'y maydonidek bo'lib qoldi. So'nggi uch yil ichida Qatarda juda ko'p uchrashuvlar o'tkazdi. COVID-19 pandemiyasi vaqti Qatar terma jamoa mashg'ulot bazasi bo'lgan edi. Maydonlar va mamlakat bizga juda yaxshi tanish. O'zbekiston ham raqib sifatida begona emas. Bu jamoaga qarshi kechgan uchrashuvlarni yaxshi hotiralar bilan eslaymiz. O'zbekiston bilan bahs qiyin bo'lishi aniq, sababi ikki terma jamoa guruh favoritlari. O'zbekiston va Avstraliya keyingi bosqichga chiqishiga shubha qilmayapman va guruhdan uchinchi o'rinni egallagan terma jamoa ham nimchorak finalga chiqishi mumkin. Mening fikrimcha bizning guruh eng kuchlilaridan biri, qolgan raqiblarga qarshi ham o'ynash oson bo'lmaydi.

Agar "D" guruhiga etibor qaratsak, bu guruhda ham raqobat ancha kuchli. Yaponiya va Iroq Osiyo kubogida bir necha marotaba chempionlikni qo'lga kiritishgan, Vetnam terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi, 2002 yilgi jahon chempionatida Yaponiya termasini boshqargan (Filipp Trusse - tahr.). Indoneziya termasi ham yosh va iqtidorli jamoa, ularni yorqin futbol namoyish etishadi. "B" va "D" guruhlari eng qiyin kvartetlar nazarimda.

"A" guruhiga qaraydigan bo'lsak, menimcha ushbu guruh "hayot" guruhi, oson jamoalar bir biriga qarshi o'ynashadi. Bitta savol bor: Qatar terma jamoasi qanday ishtirok etadi, sababi ular yaqindagina yangi murabbiy bilan ish boshlashdi va Qatarning futbol falsafasi butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Ko'ramiz, kuzatib, bilib olamiz. Yaxshi qura bo'ldi nazarimda, endi Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика