So’nggi yangiliklar

21:53"Барселона" 22 ёшли футболчи билан 5 йиллик шартнома имзолади  1 21:37Суперлига. "Металлург" - "Динамо" 0:1  0 21:13"Барселона" жамоа сардорларини маълум қилди  1 20:55Суперлига. "Металлург"нинг ғалабасиз серияси давом этади. Бу сафар "Динамо"га 3 очко совға қилинди  38 20:37"Ювентус" ўтган мавсумда энг кўп ассист амалга оширган футболчиси билан шартнома имзолади  0 20:10Эрон. "Истиқлол" - "Малаван". Машарипов асосий таркибдами?  0 19:49Санчо яна МЮни тарк этадими?  0 19:21"Вальядолид" "Реал" футболчисини ижарага олди  0 18:49"Барселона" футболчисини Франция клубига сотмоқда  1 17:53"Челси" "Наполи" таклифини рад қилди  3 17:32Тожикистон грузиялик мураббий билан ҳамкорлик қилишда давом этади. Унинг олдига термани Осиё Кубоги-2027га олиб чиқиш вазифаси қўйилган  1 17:07Камавинга ортидан "Реал"нинг яна бир асосий футболчиси жароҳат олди  1 16:45Футбол олами. Қолдирилган ўйинларда "Пахтакор" ва "Нефтчи" ютқазди, "Насаф"да ғалаба  0 16:30"Where is Messi?". "Give Me Sport" футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳужумчилар рўйхатини шакллантирди  8 16:05Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Металлург" 2, "Нефтчи", "Насаф" ва ОКМК 1 нафардан йўқотишга эга  5

"Avstraliya yoki O'zbekiston, kim g'olib bo'ladi?" Yangiliklar

"Avstraliya yoki O'zbekiston, kim g'olib bo'ladi?"

Keling, Avstraliya – O'zbekiston o'yinidan avval bizning terma jamoamizning g'alabaga bo'lgan imkoniyatlarini bilib olamiz.

Avstraliya bilan uchrashuvlar tarixi

Biz hammasi bo'lib 3 marta o'ynaganmiz:

1. 2008 yilda (R. Inileev rahbarligida) biz o'z uyimizda JAR da bo'ladigan 2010 yilgi jahon chempionatining saralash bosqichi doirasida 0-1 hisobida imkoniyatni boy berganmiz.
2. Mehmondagi javob uchrashuvida ham mag'lubiyatga uchraganmiz  –  0:2.  
Bu mag'lubiyatlar 2011 yildagi mag'lubiyatchalik achinarli bo'lmagan edi.
3. 2011 yilda Vadim Abramov rahbarligida bizning terma jamoamiz  fantastik futbol ko'rsatishdi. Bu mustaqilligimizning butun tarixidagi eng yaxshi yutuq edi.

Oradan 8 yil o'tgan bo'lsa-da, ishqibozlarimiz hech kimdan qo'rqmaydigan, boshqa  jamoalar bilan tengma-teng maydonga tushadigan, ikkinchi tarkibi bilan ham raqibning uyida Yaponiya ustidan g'alaba qozongan terma jamoamizni hanuzgacha iliq yodga oladilar. Bizning futbolchilarimiz va butun mamlakat carhush edilar, hamma bizni endi hech kim to'xtata olmaydi, deb o'ylardi. Ammo 2011 yilning 25 yanvarida Avstraliya bizning terma jamoamizni osmondan erga olib tushib qo'ydi va bizning futboldagi shonli cho'qqimiz «O'zbekiston 0 – 6 Avstraliya» hisob bilan yakunlandi. Ushbu kunda barcha orzu umidlarimiz poymol bo'ldi. Avstraliya shu kuni yuksak darajada edi va bizga 6 ta golni o'ynab - kulib urib tashladi - Kyuell, Ognenovskiy, Kerni Devid, Emerton, Valeri, Kruz. Darvozaga nima uchib kirishi mumkin bo'lsa, hammasi kirdi. Biz birorta ham gol ura olmadik. Bu 2011 yilgi Osiy Kubogining yarim finali edi.

Mazkur o'yindan keyin bizning terma jamoamiz Janubiy Koreyaga yutqazdi va Osiyo kubogida 3-o'rinni egallay olmadi. Hozirgi kunda ko'plab o'quvchilar aynan 2011 yilning oxirgi o'yinini yodga oladilar.

Bu gal esa biz Avstraliya bilan 1/8 bosqichda uchrashamiz.

Avstraliya terma jamoasi

2019 yilgi Osiyo Kubogida Avstraliya terma jamoasi 3 ta o'yinning hammasida 1 ta hujumchi bilan o'ynadi. 3 ta o'yinda 23 ta elon qilingan o'yinchining 16 tasi maydonda harakat qildi. Qolgan 7ta o'yinchining o'yinini biz hali ko'rmadik. Bu jamoada himoyachilar gol urmaydilar. Yarim  himoyachilar 4 ta va hujum chizig'i vakillari  2 ta gol bilan ajralib turishdi.

3 ta bahsda o'ynagan o'yinchilarning ro'yxati va statistikasi bilan tanishing.

F.I.SH.

Ampula

1 o'yin

2 o'yin

3 o'yin

Rayn Meti

Darvozabon

Ha

Ha

Ha

Bexich Aziz

Himoyachi

Ha

Ha

Ha

Degenok Milosh

Himoyachi

Ha

Ha

Ha

Milligan Mark

Himoyachi

Ha

Ha

Ha

Risdon Djosh

Himoyachi

46-daqiqada almashtirildi

yo'q

yo'q

Grant Rayan

Himoyachi

46-daqiqada maydonga chiqdi

Ha

Ha

Seynsberi Trent

Himoyachi

Ha (S)

Ha (S)

Yo'q

Kruz Robbi

Yarimhimoyachi 

55-daqiqada almashtirildi

87-daqiqada maydonga chiqdi

82-daqiqada maydonga chiqdi

Ikonomidis Kristofer

Yarimhimoyachi

55-daqiqada maydonga chiqdi

Ha

Ha (Gol)

Luongo Massimo

Yarimhimoyachi

74-daqiqada almashtirildi

75-daqiqada maydonga chiqdi

90+1 da almashtirildi(S)

Irvin Djekson

Yarimhimoyachi

74-daqiqada maydonga chiqdi

Ha

Ha

Mabil Aver 

Yarimhimoyachi

Ha (Gol)

87-daqiqada almashtirildi

(Gol) 82-daqiqada almashtirildi

Rogich Tom

Yarimhimoyachi

Ha

75-daqiqada almashtirildi (S)

Ha (Gol)

MakLaren Djeymi 

Hujumchi

Ha

82-daqiqada almashtirildi(Gol)

68-daqiqada almashtirildi

Yannu Apostolos

Hujumchi

Yo'q

82-daqiqada maydongachiqdi (Gol)

68-daqiqada maydonga chiqdi

Yurman Metyu

Yarimhimoyachi

Yo'q

Yo'q

90+1

































Avstraliyaning o'yinga tushmagan o'yinchilari. 

1.

Vukovich Denni

Darvozabon

Yo'q

Yo'q

Yo'q

Genk (Belgiya)

2.

Langerak Mitchell

Darvozabon

Yo'q

Yo'q

Yo'q

Nagoya (Yaponiya)

3.

Gersbax Aleksandr

Himoyachi

Yo'q

Yo'q

Yo'q

Rusenburg (Norvegiya)

4.

Amini Mustafa

Yarimhimoyachi

Yo'q

Yo'q

Yo'q

Orxus (Daniya)

5.

Djego Djeyms

Yarimhimoyachi

Yo'q

Yo'q

Yo'q

Austriya (Avstriya)

6.

Leki Metyu

Hujumchi

Yo'q

Yo'q

Yo'q

Gerta (Germaniya)

7.

Nabbut Endryu

Hujumchi

Yo'q

Yo'q

Yo'q

Urava Red Daymonds (Yaponiya)


Hozir asosiy tarkib — deyarli hammasi legionerlar va faqat Avstraliya ligasidagi 2 ta o'yinchigina asosiy tarkibda doimiy ravishda o'ynaydi.

Avstraliya termasining kuchli tomonlari

Asosiy tarkib – deyarli hammasi Evropa chempionatining legionerlaridan, texnikasi juda kuchli o'yinchilar. Jamoa 4-3-3 hujumkor sxemada, biroq bitta hujumchi bilan o'ynaydi. Avstraliya terma jamoasida qanotlar bo'ylab kuchli hujumkor yarim himoyachilar - Mabil Aver va  Ikonomidis Kristoferlar o'ynaydilar. Ular ikkalasi hozirgacha 3 ta golni o'rinlatib qo'yishdi. Quyida jamoaning Suriya bilan o'yinidagi joylashish surati keltirilgan.


(1- foto)

Avstraliya terma jamoasining hujumida raqibning jarima maydoniga kirib boradigan uzatishlar  va yuqoridan etkazib berishlardan tashqari, Avstraliyaning yarim himoya va hujumi mudofaa kuchli bo'lgan vaqtda uzoq masofalardan, 16-20 metrlardan ham yaxshi ura oladi.

(2- foto) 

Bizning tema jamoamizdan farqli ravishda ular raqib darvozasiga juda yaqin kelishga urinmaydilar. Agar ularda darvozaga uzoqdan to'p urish imkoniyati tug'ilsa, ular buni jonidildan va natijali qilib bajaradilar. 

(3- foto) 

Yuqoridagi epizodga qarang. Ikonomidesda ikkita o'yinchiga to'pni uzatish imkoniyati bor, ammo u to'pni 20 metr uzoqlikdan mo'ljallab tepadi, qolgan ikki o'yinchi esa, darvozabon to'pni qaytarsa, uni qayta urish uchun tempni susaytirmasdan yuguradilar. 

(4-foto) 

Tom Rogich (23) Suriya darvozasiga so'nggi daqiqalarda 18-20 metrlardan gol urdi. Suriyalik yarim himoyachining qo'pol xatosi o'zining zonasini ochiq qoldirdi.

Bunda zarba berilganidan yoki jarima maydonchasiga to'p otilganidan keyin, hujumni tugallash  yoki to'pni darvozaga qayta urish uchun darvoza zonasi tomon doimo 2 tadan 4 tacha o'yinchi harakatlanadilar.

(5- foto)

(6- foto)

Biz so'zimizni bejizga avstraliyaliklarning hujumini tahlil qilishdan boshlamadik, chunki bu o'yinda biz ikkinchi raqamda): ko'p himoyalanish va raqibni qarshi hujumda tutishga harakat qilamiz. Boshqa iloji yo'q.


Hujum  

Avstraliya terma jamoasida uzoqdan gol urishni juda yaxshi ko'radigan - Rogich Tom (23), Mabil Aver (21), Kruz Robbi (10) va  Ikonomides Kristofer (15) kabi yorqin o'yinchilar bor. Ularning ichida Mabil Aver va Rogich boshqalardan ko'proq uzoqdan tepadilar. 

 

To'pni ajratib olish va qayta urishda ko'plab, bitta epizodning o'zida 2 tadan 4 tagacha - 22, 9, 15, 21, 23, 16, 4, 8, 14 va 12 raqamlar ostida o'ynaydigan o'yinchilar ishtirok etadilar. Bu ro'yxatdagilarning eng faollari Maklaren Djeymi (9), Ikonomides Kristofer (15) va Mabil Aver (21)lardir.

Gollar

Guruh bosqichlarida 6 ta gol urdilar, 3ta golni darvozalariga o'tqazib yubordilar. 

Gollarning qanday urilganiga kelsak, quyidagilarni ko'rishmumkin:

avstraliyaliklar 2 ta golni yuqori qavatdagi jangda g'olib bo'lib, birinchisini jarima maydonchasiga uzatilgan to'pdan, ikkinchisini burchakdan oshirilgan vaziyatdan urdilar.

2 ta gol uzoq masofadan, darvozadan taxminan 16-20 metr uzoqlikdan urildi. Yaponlar bizga xuddi shunday gol urgandilar. Hamma gollar asosiy himoyachining aybi bilan, u darvozaga qarab terish imkoniyatini bergani uchun urildi.

avstraliyaliklar yana 2 ta golni darvozabonning jarima maydonida qaytgan to'pni tepishlari natijasida urildi.

Avstraliya terma jamoasining kuchsiz tomonlari va unga qarshi qanday o'ynash kerak?

Kuper janoblari o'z ishining mohir ustasi sifatida g'alaba receptini tayyorladi, ammo barcha o'yinchilar, futbol mutaxassislari va ishqibozlar uning mudofaaviy taktika va strategiyasiga qarshi bo'lgandilar.

Janob Kuper, sizning chiqishingiz!

Avstraliyaga qarshi o'yinda “eng katta avtobus”(mudofaada o'tirish) va maydonning har bir qismida qattiq kurash olib borish va yana quyidagilar kerak.

Avstraliya va boshqa jamoalarga qarshi 1-raqamli bo'lib o'ynash kerak emas, bu xuddi "pulemyot"dan otilayotgan o'qqa o'zini tutib berishdek gap. Sovuqqonlik bilan berk himoyada o'ynash kerak. Kimning tizzasi qaltirayotgan bo'lsa, zahirada qolishsin. Jangga faqat erkaklar boradi! O'zimizning imkoniyatimizni kutamiz, hisob-kitob bilan kontrhujumga o'tamiz va o'z imkoniyatimizdan foydalanamiz.

Uchta chiziqning barchasi tartib bilan o'ynashi kerak, tuzilmani ushlab turishlari va hech ham tarqoq bo'lmasliklari kerak. Raqib manevr qilishi uchun bo'sh zonalarni qoldirmaslik kerak. Yarim himoya va hujum doimgidan ko'ra pastroq o'tirishlari, raqibga juda jips holda o'ynashlari va raqibning darvozaga uzoqdan to'p tepishlarining har qanday imkoniyatlarini yo'qotishlari kerak.

Qanot himoyachilar Avstraliyaning shu tarafda o'ynaydigan yarim himoyachilariga ikkita qanotdan o'tishlariga va ikkinchi qavatda to'p uzatishga  imkon bermasliklari kerak.

O'zimizning jarima maydonimizda ko'rinmay, maydon markazida bo'lishlari maqsadga muvofiq. Va o'yinchilarni o'zimizning jarima maydonimizda emas, maydon markazida, undan ham yaxshisi, maydonning ular tomonida  kutib olish kerak.

Bizning termamizning shunday zaif tomoni borki, biz doimo darvozagacha to'p bilan borishga harakat qilamiz yoki jarima maydonining yaqinidabir birimizga to'pni qayta oshiraverib, kim urar ekan, deb o'ylaymiz. Axmedov va uning jamoasiga to'pni raqib darvozasiga 16 – 20 metrlardan urish vaqti keldi. Tezkor SHomurodov esa, to'pni urishga tayyor turish , yoki hujumni yakunlash, har doim birinchi bo'lib turish talab qilinadi.

Total futbol 100 daqiqa. 


Avstraliya o'z darvozasiga 3 ta gol,  ulardan ikkitasini Degenek Milosh (2)bilan o'yinda, kiritib yubordi, avval havodagi kurashda yutqazdi va Avstraliyaliklar 2 ta gol o'tkazdilar.

1- golni burchak to'pi urilganidan so'ng, ikkinchisini yon tomondan berilgan jarima to'pi o'ynalganidan so'ng o'tkazib yubordilar.

«Cverna Zvezda»ning ushbu himoyachisi Avstraliya himoyasidagi zaif, kuchsiz bo'g'in hisoblanadi. Siz noto'g'ri eshitmadingiz, Avstraliya terma jamoasining o'yinchisi yuqoridagi kurashda yutqazadi. Uni almashtiradigan odam yo'q. Avstraliyaliklar uchinchi golni o'z jarima maydonlarida penaltidagi qo'pol o'yinlaridan keyin qabul qilib oldilar.



Himoyada yana bir Seynsberi Trent (20) degan o'yinchi bor, u ketma-ket ikkita o'yinda bittadan sariq kartochka olishga ulgurdi. SHuning uchun Suriya bilan bo'lgan o'yinni o'tkazib yubordi.

Degenek va Seynsberilar so'nggi chiziq, yani oxirgi himoyachilar. Agar Degenek havodagi kurashni boy berib qo'yadigan o'yinchi bo'lsa, Seynsberi qo'pol, kartochka uchun o'ynaydi, bu esa bizga juda asqotishi mumkin. Uni shunday toliqtirish, asabini buzish kerakki, u qizil qartochka olsin.


Xulosa

Bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Maydonga O'zbekiston terma jamoasining eng yaxshi, o'yinning oxirgi soniyasigacha kurasha oladigan o'yinchilari chiqishi kerak!

Kim maydonda o'zining bor kuchini berishga, erning har bir parchasini Avstraliyaliklarga bermasdan chaynashga tayyor!

Kimning ko'z oldida onalari, otalari, bolalari va millionlab ishqibozlar turgan bo'lsa, o'sha! 

Kim uchun bizning Vatanimizning shani oddiy so'z bo'lmasa, o'sha!

Avstraliya avvalgi Avstraliya emas, u bilan o'ynash mumkin. SHunchaki ularning darvozasiga kalitni tanlab olish kerak va ularga o'z o'yinini o'ynashlariga imkon bermaslik kerak.

Omad Yigitlar! Biz Sizlarga ishonamiz! 

Maqolani  Alisher Xolmatov yozdi.  

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика