So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  1 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Avstraliya U-20 termasi bosh murabbiyi: "Jahon chempionatida Osiyo sharafini himoya qilmoqchi edik, ammo endi bu imkonsiz" Yangiliklar

Avstraliya U-20 termasi bosh murabbiyi: "Jahon chempionatida Osiyo sharafini himoya qilmoqchi edik, ammo endi bu imkonsiz"

Teglar :  Avstraliya U-20
U-20 Osiyo kubogining chorak final bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston U-20 – Avstraliya U-20 o'yinidan (1:1, pen. seriyasi 5:4) so'ng Avstraliya termasi bosh murabbiyi Trevor Morgan matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida 

- Birinchi navbatda, O'zbekistonni tabriklayman. Bugungi o'yinimizdan xafsalam pir bo'ldi. Natija biz kutgandek bo'lmadi va Jahon chempionatidan quruq qoldik. 

- 33 mingdan ortiq muxlislar o'yiningizga qanchalik tasir ko'rsatdi deb o'ylaysiz?

- Aniqki, buning tasiri bo'ldi, ammo bu futbol. Buncha muxlis qarshisida o'ynash biz uchun ham katta tajriba bo'ldi.

- Natija Avstraliya uchun qoniqarsiz. Umuman olganda esa bu musobaqadan foydali nima oldingiz?

- Biz bu musobaqada ajoyib xarakter ko'rsatdik. Aynan shu jihatdan jamoamiz ancha o'sdi. Biz Osiyo sharafini Jahon chempionatida himoya qilmoqchi edik, ammo endi bu imkonsiz.

- Musobaqaning tashkiliy masalalari haqida fikringiz qanday? Umuman olganda siz Toshkentda birinchi marta emassiz...

- Umuman olganda yaxshi. Lekin mashg'ulot maydonlari bilan muammolar bor edi.

- Qo'shimcha bo'limlarning ikkinchisida deyarli hujum qila olmadingiz. Bu charchoq bilan bog'liqmidi?

- Hujum qilmadik? Bu sizning fikringiz. Men bunday deb o'ylamayman. 

- Segichich oxirgi penalti zarbasida to'sinni nishonga olganda qanday hislar o'tdi. Agar o'sha vaziyat gol bo'lganda, barchasi boshqacha bo'lishi mumkin edi...

- Biz bu musobaqada ajoyib harakat qildik. Bu futbol. Siz barcha narsani to'g'ri qilishingiz mumkin, ammo birgina jihat etishmasa ham bu natijaga tasir o'tkazadi. Segichichga kelsak, u ajoyib futbolchi. Bu musobaqada jamoadoshlarini ruhlantirdi, ajoyib  jamoadoshl xarakter ko'rsatdi va ko'p joyda jamoamizga yordam berdi. Xato esa hammada bo'ladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика