So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Avstraliya U-19 - O'zbekiston U-19 - 2:3 yoxud yoshlarimiz muddatdan avval chorak finalda! Yangiliklar

Avstraliya U-19 - O'zbekiston U-19 - 2:3 yoxud yoshlarimiz muddatdan avval chorak finalda!

Bahrayndagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 2-turidan o'rin olgan Avstraliya U-19 - O'zbekiston U-19 uchrashuvi matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

Avstraliya U-19 - O'zbekiston U-19 - 2:3
18 oktyabr 2016. Manama. "Xalifa Sports Siti" stadioni. 21:30
 
Hakamlar
: Ammar Ali Al Junaybi, Zayid Dovud Salmon Kamol (BAA), Park In Sun (Janubiy Koreya), Ida Jumpei (Yaponiya)

Gollar: Bobir Abdixoliqov 28, - 0:1. Doston Ibragimov 38, - 0:2. Doston Ibragimov 47, - 0:3.Liam Yuulliy 63 penalti, - 1:3.Jorj Blekvud 90+3 penalti, - 2:3.

Avstraliya U-19: 12.Toni Glover, 2.Uilyam Match, 4.Tomas Deng, 5.Jekson Bandeira, 6.Liam Rouz (10.Kalik Entoni, 46), 8.Mario SHabov, 13.Jorj Blekvud, 14.Jozef CHampines, 16.Stiv Kuzmanovski (9.Jayden Prasad, 16), 19.Jorj Timoteu (17.Tariq Maia, 67), 23.Liam Yuulliy.
Zaxira: 1.Daniel Margush, 3.Lachlan Skott, 7.Reno Piskopo, 11.Konnor Otuli, 15.Patrik Flotmann, 18.Jasmin Keranovich, 20.Josh Xoup, 21.Jeyk Villiam Brimmer, 22.Keanu Bakkus.

O'zbekiston U-19: 1.Umidjon Hamroev, 3.Xojiakbar Alijonov, 4.Islomjon Qobilov, 5.Xushnudbek Avilov, 6.Azizjon G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev (8.Saidjamol Davlatjonov, 84), 11.Bobir Abdixoliqov (13.Javohir Esonqulov, 69), 14.SHarof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 16.Jamshid Yusupov, 19.Doston Ibragimov (18.SHohrux Mahmudxojiev, 82).
Zaxira: 2.Azizbek Suyunov, 7.Sanjar Qodirqulov, 10.Suhrob Nurulloev, 12.Umidjon Ergashev, 21.SHohruxjon Raimov, 22.Begzod G'anijonov, 23.Nurillo To'xtasinov.

Ogohlantirishlar: Jorj Timoteu 3, Jozef CHampines 33, Islomjon Qobilov 45+1, Umidjon Hamroev 86, Tariq Maia 88, Azizjon G'aniev 90+2.

CHetlatish: Islomjon Qobilov 55 (ikkinchi ogohlantirish)


#        

Jamoalar      

O'       

YU     

D     

M     

T-N       

O     

1

O'zbekiston

2

2

0

0

5:3

6

2

Tojikiston

2

1

0

1

3:2

3

3

Avstraliya

2

1

0

1

3:3

3

4

Xitoy

2

0

0

2

0:3

0




                         MATNLI TRANSLYACIYA

                                    YANGILASH

90+4. UCHRASHUV TUGADI! O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi!

90+3. GOL! Jorj Blekvud penaltidan gol urdi - 2:3.

90+2. PENALTI! Ikkinchi bor O'zbekiston darvozasi tomon!

90+1. Ogohlantirish. O'zbekiston. Azizjon G'aniev

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

89. Xojiakbar Alijonov shifokorlar yordamida maydonni tark etmoqda

88. Ogohlantirish. Avstraliya. Tariq Maia

88. Oxirgi 15-20 daqiqa bir xil o'tmoqda, O'zbekiston futbolchilari himoyada to'pni faqat oldinga tepib yuborishmoqda

86. Ogohlantirish. O'zbekiston. Umidjon Hamroev

84. O'zgarish. O'zbekiston. Jasurbek Yaxshiboev o'rniga Saidjamol Davlatjonov tushdi

82. O'zgarish. O'zbekiston.  Doston Ibragimov o'rniga SHohrux Mahmudxojiev tushdi

80. O'yin tugashiga 10 daqiqa qoldi

76. 10 kishi bo'lib qolgan jamoamiz hisobni saqlab qolish uchun borlarini berishmoqda

74. Avstraliyaning hujumlari besamar ketmoqda

70. Vakillarimiz burchak to'pi tepishdi, ammo samara bo'lgani yo'q. Himoyachilar to'pni qaytarishdi

69. O'zgarish. O'zbekiston. Bobir Abdixoliqov o'rniga Javohir Esonqulov tushdi

67. O'zgarish. Avstraliya. Jorj Timoteu o'rniga Tariq Maia tushdi

65. Avstraliya katta kuch bilan hujumga o'tmoqda, O'zbekiston asosan himoyalanmoqda

62. GOL! Liam Yuulliy 1:3

62. PENALTI! Darvozamiz tomon! Aziz G'aniev raqibni ushlab qolgani uchun.

57. CHampines hozir darvozabonimizga nisbatan qo'pol o'ynadi, bosh hakam sariq kartochkasi bor futbolchini ayadi

56. Avstraliyaliklarning jarima to'pi himoyachilarimiz tomonidan qaytarildi

55. CHETLATISH! Islomjon Qobilov ikkinchi sariqni olib maydonni tark etdi

54. Hisob yirilashgach raqiblarning hujumlari ham xavfli chiqmay qo'ydi

53. Yaxshiboev o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirdi, biroq to'pni sherigiga uzata olmadi

50. Kalik to'pni qo'li bilan o'ynadi, hakam uni og'izaki tarzda ogohlantirdi

48. SHabovning jarima maydoniga uzatgan to'pini Deng boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

47. O'ng qanotdan Jasurbek Yaxshiboev Di Mariya uslubida oyoqlarini chalishtirgan xolda to'pni jarima maydoniga uzatdi, Abdixoliqov zarba bera olmadi, chap qanotdan kelayotgan Doston Ibragimov kuchli zarba bilan darvoza to'rini yirtib yuboray dedi - 0:3.

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DOSTON IBRAGIMOV! 0:3

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

46. O'zgarish. Avstraliya. Liam Rouz o'rniga Kalik Entoni tushdi


45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha O'zbekiston 2:0 hisobida oldinda

45+2. ZARBAAAAAA! Bandeiraning zarbasi darvozaning yonginasidan o'tib ketdi! 

45+1. Ogohlantirish. Islomjon Qobilov

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi

44. Avstraliyaliklar ikkita o'tkazilgan goldan so'ng o'zlariga kela olishmayapti

39. O'ng qanotdan Jasurbek Yaxshiboev to'pni jarima maydoniga oshirib berdi, Bobir Abdixoliqov to'pni atayin o'tkazib yubordi, Doston Ibragimovning kuchli zarbasi oldida raqiblar ojiz qolishdi - 0:2.

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DOSTON IBRAGIMOV! 0:2.

35. Avstraliya jarima to'piga ega bo'ldi, jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni Tomas Deng darvozaga yo'llashga urindi, Umidjon Hamroev o'z o'rnida

34. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Doston Ibragimov to'pni raqibdan olib qo'ydi va Abdixoliqovga to'p uzatdi, Bobirning zarbasi biroz noaniq bo'ldi!

33. Ogohlantirish. Jozef CHampines

31. Yaxshiboev o'ng qanotdan to'pni egallab oldinga o'tdi, uning pasini Abdixoliqov to'xtata olmadi

28. Ajoyib hujum va ajoyib gol! SHarof Muhitdinov to'pni egallab oldinga o'tdi va chap qanotdagi Doston Ibragimovga to'pni uzatdi, Ibragimov darvoza yonidagi sheriklariga pas berdi, bu erda Bobir Abdixoliqov to'pni darvozaga joylab qo'ydi - 0:1.

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BOBIR ABDIXOLIQOV! 0:1

26. Raqiblar to'liq kuch bilan hujumga o'tishmoqda, vakillarimiz esa qarshi hujumga tayanishmoqda

23. Avstraliyaliklarning hujumlari keskin chiqmoqda

20. O'zbekistonning hujumi, dastlab o'ng qanotdan Yaxshiboev to'pni jarima maydoniga uzatdi, keyingi vaziyatda endi chap qanotda Doston Ibragimov to'pni jarima maydoniga oshirdi, darvozabon o'z o'rinda

19. Blekvud hujumga o'tdi va burchak to'pi ishlab oldi. SHabovning pasidan so'ng to'p hech kimga tegmay maydonni tark etdi

18. O'yin asosan maydon markaziga kechmoqda...

15. O'zgarish. Avstraliya. Kuzmanovski o'rniga Jayden Prasad maydonga tushdi

14. Raqiblar vakili Kuzmanovski jarohat oldi va o'yinni davom ettira olmaydiganga o'xshaydi

12. To'pni avstraliyaliklar nazorat qilib turishibdi, biroq to'p uzatish noaniq chiqdi va hujum to'xtab qoldi

10. Uchrashuvning dastlabki 10 daqiqa ortda qoldi

7. Dastlabki daqiqalardagi keskinlik biroz pasaydi

4. Burchak to'pidan so'ng Islomjon Qobilov boshi bilan zarba berdi, noaniq!

4. ZARBAAAAAA! Yaxshiboevning yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Toni Glover qaytardi!

4. Ogohlantirishlar. Jorj Timoteu

4. Abdixoliqov ikkinchi bor jarima maydoni yonida yiqitildi.

3. Endi raqiblarimiz jarima to'piga ega bo'lishdi. Havolatib uzatilgan to'pni himoyachilarimiz qaytarishdi

1. Bobir Abdixoliqov chap qanotda jarima maydoni yonida yiqitildi. Azizjon G'aniev jarima to'pini to'g'ri darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq!

1. O'yin boshlandi!

- Bugun O'zbekiston Avstraliyani mag'lub etsa muddatdan avval chorak finalga yo'l oladi.

- Endi O'zbekiston davlat madhiyasi!

- Avstraliya davlat madhiyasi yangramoqda

- Ikkala jamoa maydonga tushib keldi.

- Uchrashuv soat 21:30da boshlanadi




Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика