Avstraliya klublari OCHLning joriy mavsumida ishtirok etishmaydi
04 iyu 2021 10:17
Yangiliklar
Avstraliya klublari OCHLning joriy mavsumida ishtirok etishmaydi
OFK Football Australia tomonidan "Sidney", "Melburn Siti" va "Brisben Roar" jamoalarining Osiyo CHempionlar Ligasi 2021 yilgi mavsum guruh va pley-off bosqichlarida ishtirok etmasligini tasdiqladi.
Endi bu masala OFKning tegishli qo'mitalariga yuboriladi va qaror o'z vaqtida malum qilinadi.
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaevning yozishicha, pandemiya bilan bog'liq ichki cheklovlar tufayli A-Liganing hal qiluvchi o'yinlari iyun oyi ikkinchi yarmiga qoldirildi. Milliy chempionatdagi kurash va CHempionlar Ligasida ishtirok etish variantidan avstraliyaliklar birinchisini tanlashdi.
Eslatib o'tamiz, "H" guruhidan o'rin olgan "Sidney" jamoasi Toshkent mezbonlik qiladigan guruh o'yinlarida ishtirok etishi kerak edi.
Fikrlar