So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  5 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Avazbek O'lmasaliev: “Futbolchi bo'lishimda akam SHerzod Hakimovning xissasi juda katta” Yangiliklar

Avazbek O'lmasaliev: “Futbolchi bo'lishimda akam SHerzod Hakimovning xissasi juda katta”

“Neftchi” klubi uchun Superliganing ikkinchi bosqichi juda ham muvaffaqiyatli boshlandi.

Bahrom Haydarov boshchiligidagi jamoa dastlab safarda AGMKni, so'ngra o'z uyida “Nasaf”ni mag'lub etishga erishdi. Ketma-ket g'alabalardan so'ng jamoa so'nggi pog'onani tark etishga muvaffaq bo'ldi. “Nasaf” bilan o'yinda farg'onaliklar yosh futbolchisi Avazbek O'lmasaliev hisobni ochishga erishdi. 18 yoshli futbolchi SHerzod Hakimovning burchakdan oshirib bergan to'pini Sanjar Quvvatov qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi. Qizig'i Hakimov va O'lmasaliev tug'ishgan aka-ukalar. Biz “Nasaf”ga qarshi o'yindan so'ng Avazbek bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Futbolga qachon kirib kelgansiz?

- Futbol bilan taxminan 9-10 yoshimdan shug'ullanishni boshlaganman. Futbol internatiga borib o'sha erda o'qiganman. Birinchi murabbiyim SHerzod aka Zakirov bo'lgan. SHu fursatdan foydalanib bu insonga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman. SHu darajaga chiqishimda bu insonning katta xissasi bo'lgan.

- Muxlislarga qachon va qaerda tug'ilganingiz qiziq.

- 2000 yilning 27 mart sanasida Farg'onada tug'ilganman.

- Nima uchun aynan futbolni tanlagansiz?

- Yoshligimda SHerzod akamga havas qilib men ham albatta futbolchi bo'laman deb aytganman. SHu gapim hamon yodimda. Yaratganga shukur bu orzuim amalga oshdi.



- Akangizning futbolga kirib kelishingizda qanday xissasi bor?

- Menimcha eng ko'p xissani aynan akam qo'shgan. Sababi har kuni 2-3 mahal mashg'ulot qildirardi, ko'chaga chiqmasdan faqat shug'ullanardik. Xatto bazida mashg'ulotlar vaqtida yig'laganman ham. Men bilan boshidan Qattiqqo'l bo'lgani uchun akamga juda ham katta rahmat aytaman. Doim bir gapni aytardilar: Sen orzuinga etishing uchun birinchi o'rinda futbol bo'lishi kerak deb. Hozirgi kunda birga "Neftchi" klubida o'ynayapmiz. Uyda bo'lsak ham birgalikda mashg'ulot o'tkazaveramiz. Futbol hayotimiz mazmuniga aylanib ulgurgan.

- "Neftchi"da qachondan buyon o'ynab kelayapsiz?

- 2015 yilda "Neftchi" yoshlar jamoasi ustozi Bahrom Haydarov mening o'yinlarimni ko'rib, "Neftchi"ga taklif qilgan. Dastlab tabiiyki yoshlar jamoasi safida o'ynadim, o'tgan yili asosiy tarkibda o'ynashni boshladim. Umuman olganda 3 yildan beri "Neftchi" klubi tizimidaman. Bahrom aka Haydarov shu yillar davomida men bilan tinimsiz ishladi va o'yinim o'sishiga katta xissa qo'shdi deb bemalol ayta olaman.
 
- Yoshlikda akangizdan tashqari qaysi futbolchilarga havas qilgansiz?

- (kuladi) To'g'risini aytsam akamdan boshqa futbolchini tanimasdim ham. Xorijda Krishtianu Ronalduning o'yinlari yoqardi.
 
- "Neftchi" tarkibida turli chiziqlarda o'ynab chiqishga ulgurdingiz. Asli poziciyangiz qaysi?

- To'g'ri. Maydonning istalgan joyida o'ynab chiqqanman. Hozir murabbiylar qaerga qo'yishsa o'sha joyda to'p tepaveraman. Bugungi kunda "Neftchi"da chap qanot himoyachisi vazifasini bajarayapman. Undan oldin tayanch yarim himoyasida harakat qildim. O'z vaqtida esa xatto hujumda va markaziy himoyada ham o'ynaganman.
 
- SHaxsan o'zingizga qaysi poziciyada o'ynash ko'proq maqul keladi?

- (biroz o'ylanib) Menga tayanch yarim himoyasida o'ynash yoqadi. Sababi bu erda o'ynagan futbolchidan ko'proq yugurish talab etiladi.


 
- "Neftchi" nimaning evaziga ligada qolishi mumkin?

- SHonli tarixga ega bo'lgan "Neftchi"ni Superligada olib qolish uchun barcha futbolchilar, murabbiylar, xodimlar va muxlislar birlashgan holda harakat qilishimiz zarur. Jamoadagi barcha futbolchilar "Neftchi" uchun borimizni berishga tayyormiz. Har bir o'yinga xuddi so'nggisidek tushayapmiz. SHukurki uzoq davom etgan qora kunlardan so'ng g'alabali seriya ham boshlandi. Xudo xohlasa birgalikda "Neftchi"ni ligada olib qolamiz.
 
- Ko'pchilik sizni SHerzod Hakimovning ukasi ekaningizni bilmaydi. Familiyangiz ham turlicha...

- Bobomning ismlari O'lmasali. Ularning ismlari o'chib ketmasligi uchun menga familiya qilib qo'yishgan. Akam esa dadamning familiyasini olganlar. Oilada faqat mening familiyam O'lmasaliev.

- Oliy ligadagi debyut yodingizdami?

- Oliy ligada debyutim o'tgan yili "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda sodir bo'lgan. Mamlakatimizdagi eng muhtasham stadionlardan birida ilk bor maydonga tushgandim. Hayajon juda ham kuchli bo'lgandi.
 
- Oliy ligada birinchi golingiizni "Mashal"ga urgan edingiz...

- Birinchi golimni so'z bilan tariflab bera olmayman. O'tgan yil Farg'onada "Mashal"ni qabul qilganmiz. O'sha uchrashuv oxirida raqib darvozasiga oliy ligadagi birinchi golimni urgandim.
 
- Muxlislarga tilaklaringiz bormi?

- Albatta. "Neftchi"ni qo'llab-quvvatlayotgan barcha muxlislarga rahmat aytaman. Xudo xohlasa bundan buyog'iga muxlislarimizni faqat g'alabalar bilan xursand qilamiz deb umid qilaman.


 
- Matbuot orqali kimlarga rahmat aytmoqchisiz?

- Jamoadoshim Abror ismoilov va o'zimning nomimdan Vadim Karlenovich Abramovga katta rahmat aytib qolaman. U va Bahrom Haydarov doim kamchiliklarimni aytib mashg'ulotlarda qanday ishlashimni ko'rsatib turishgan.
 
- Bahrom Haydarov qanday murabbiy? Uning qaysi jihatlari kuchli?

- Bahrom aka Haydarov barcha narsani aql bilan hal qiladigan, shoshilmasdan yaxshilab o'ylab keyin ishl qiladigan. Hamma bilan til topisha oladigan, kim harakat qilsa o'shani maydonga tushiradigan murabbiy. Yosh futbolchilarga qo'rqmasdan imkon beradigan mutaxassis.
 
- Futboldagi orzuingiz nima?

- Eng katta orzuim O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan birga Jahon chempionatiga chiqish. Qolgan orzularim haqida birinchisi amalga oshganidan keyin aytaman.
 
- "Nasaf" bilan o'yinda gol urishdan tashqari jarohat ham oldingiz. Videoda bu juda ham qo'rqinchli ko'rindi...

- Xudoga shukurki barchasi joyida. Jarohatim jiddiy bo'lib chiqmadi. Xudo xohlasa taxminan ikki haftalarda asta-sekin mashg'ulotlarga qaytaman. Jarohatimni klub shifokori Muhiddin aka va koreyalik shifokorlar ko'rishdi, suyagim sinmagan, oyog'im keskin qayrilib ketgani va mushaklarim cho'zilgani aniqlandi. Nasib qilsa yaqin orada maydonga qaytaman.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика