So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  17 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  22 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Avaz Berdiqulov: 25 yanvar kuni ko'p savollarga javob olamiz Yangiliklar

Avaz Berdiqulov: 25 yanvar kuni ko'p savollarga javob olamiz

Ummonda start olgan yoshlar (U-22) o'rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoa azolaridan tashqari yana uch nafar yurtdoshimiz, aniqrog'i mutaxassislarimiz ham bo'lib turishibdi.
FIFA referi assistenti Jamshid Saidov bosh hakamga qanotda yordam beryapti. Farhod Abdullaev nazoratchi hakam vazifasini bajaryapti. Afsuski, bu safar qita chempionatiga O'zbekistondan bosh hakam taklif etilmagan. Nachora, shunaqasi ham bo'lib turar ekan. Balki, OFKdagilar nazdida 2013 yilgi futbol mavsumida mamlakatimiz hakamlarida pasayish kuzatilgandir. Bejizga bunday qarorga kelishmasa kerak. Lekin Valentin Kovalenkoni chaqirishsa bo'lardi. Ha, mayli. OFKda faoliyat yuritayotgan yagona hamyurtimiz Avaz Berdiqulov esa Osiyo chempionatining bosh stadioni Sulton Qobusda o'tkaziladigan o'yinlarga masul shaxs etib tayinlangan. Biz OFKning Musobaqalarni o'tkazish bo'limida menejer lavozimida ishlayotgan bu mutaxassisimiz bilan bog'lanib, undan eksklyuziv intervyu oldik.

- Avaz aka, Ummon davlatining Osiyo chempionatiga ko'rgan tayyorgarligini qanday baholaysiz?
- Ummon birinchi marotaba Osiyo chempionati darajasidagi yirik musobaqaga mezbonlik qilyapti. Birinchi galda shu narsaga etibor qaratish kerak, deb o'ylayman. SHu paytgacha turli yosh toifasidagi qita chempionatlarining saralash o'yinlarini o'tkazib kelgan. O'tgan yili 14 yoshlilar o'rtasidagi qita birinchiligining saralash bosqich o'yinlari ham shu davlatda o'tkazildi. 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatining o'zi ilk marotaba tashkil etilmoqda. Bu OFK uchun ham o'ziga yarasha sinov hisoblanadi. Ummon tarixida ilk bor ushbu mamlakatda qitaning 16tasi saralangan terma jamoalari jam bo'ldi. Demak, Ummon uchun ham bu katta sinov bo'lish barobarida yaxshigina tajriba maktabini o'tab beradi. qolaversa, Ummon davlati 2019 yilgi kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligiga ham davogarlik qilyapti. SHu qita chempionati orqali biz OFK mutasaddilari Ummonda futbolga bo'lgan etiborni ham ko'zdan kechiryapmiz va bu musobaqaning muvaffaqiyatli o'tkazilishi 2019 yilgi Osiyo chempionati mezbonligi uchun kurashda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Endi tayyorgarlikka kelsak, bu borada hech qanday muammoni ko'rmayapman. Xatto Ummon bu bo'yicha o'z imkoniyatidan baland ham sakradi, deyish mumkin. OFKning Osiyo chempionatiga javobgar guruhi chempionat boshlanguniga qadar ham bir necha marotaba Ummonga kelib ketdi. SHaxsan o'zim ham o'tgan yili to'rt bor Ummonda bo'ldim. Tayyorgarlikni bevosita ko'rish maqsadida xatto, Ummon - Suriya o'yiniga komissarlik ham qildim. Mamlakatda futbolga bo'lgan qiziqish yuqori. SHuni alohida takidlash joiz, Ummon boshqa arab davlatlaridan farq qiladi. Birinchi galda bu davlatda xorijliklar juda ham kam, asosan mahalliy aholi istiqomat qiladi. Xatto taksi haydovchilari ham ummonliklar. Saudiya Arabistoni, BAA kabi davlatlarda bunday manzaraga guvoh bo'lmaysiz. Xalqining mentaliteti ham boshqacha. Angliya Premer-ligasida bir necha yillardan beri muvaffaqiyatli to'p tepib kelayotgan darvozabon Ali al-Xabsi Ummonning barcha davrlardagi birinchi raqamli futbolchisi hisoblanadi. Ko'chalarda, xatto davlat tashkilotlarida ham uning suratlariga ko'zingiz tushadi. U tufayli Ummonda millionlar o'yiniga bo'lgan etibor kundan-kunga ortib boryapti. SHularni inobatga olgan holda, 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi ilk Osiyo chempionati mezbonligini Ummonga ishonib topshirdik. Bu bilan OFK bayrog'i ostida o'tkazilayotgan musobaqalar geografiyasini ham kengaytirishga erishdik. Hozircha musobaqani Ummonga topshirganimizdan afsuslanmayapmiz. O'yinlar o'tkaziluvchi Sulton Qobus, Sib hamda Royal Polis stadionlarida barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. To'g'ri, bazi kamchiliklar ham yo'q emas. Busiz ilojiy yo'q. Lekin umumiy olganda, hozircha jiddiy etirozlar yo'q.  

- Siz nomlarini tilga olgan stadionlar hamda mashg'ulot maydonlarining holati qanday?
- Men 5 yanvar kuni, yani musobaqa boshlanishidan bir hafta avval Muskatga etib kelgandim. O'zi yanvar oyida arab mamlakatlarida unchalik issiq bo'lmaydi. Havo harorati 17-20 daraja atrofida. Futbol o'ynash uchun juda yaxshi iqlim sharoiti. Lekin tez-tez yomg'ir yog'yapti. Bu maydon maysasining holatiga ham tasir o'tkazyapti. SHu bois, maydonning bugungi holatini ideal deb bo'lmaydi. Kechqurun xatto qalinroq kiyinib yurishga ham to'g'ri kelyapti. Maydonning holatini yaxshi saqlash maqsadida jamoalar bilan o'zaro kelishgan holda mashg'ulot o'tkazmaslikka qaror qilindi. Uchrashuvdan bir kun oldingi rasmiy mashg'ulotlar ham boshqa maydonda o'tkazilyapti. Jamoalar bir kun oldin borib, stadion va maydon bilan shunchaki tanishib qaytishyapti. Oltita mashg'ulot maydoni tanlab olingan. Sulton Qobus stadioni oldida ulardan biri joylashgan. Sulton Qobus universitetida ikkita mashg'ulot maydonchasi bor. Ahli Sedab, Boushir hamda Muskat klublariga qarashli stadionlar ham mashg'ulot uchun ajratilgan. Barcha ishtirokchi jamoalar avvaldan belgilangan jadval bo'yicha bu maydonlarda mashg'ulot o'tkazishadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'zining Ummondagi ilk mashg'ulotini 10 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 17dan 19gacha Sulton Qobus universitetidagi maydonda o'tkazdi. 11 yanvar kuni Boushir stadionida xuddi shu soatlarda mashg'ulot bo'lib o'tdi. Bir hil vaqtda mashg'ulot o'tkazilishi O'zbekiston - Xitoy uchrashuvining boshlanish muddati bilan bog'liq. Reja bo'yicha 13 yanvar (suhbat 12 yanvar kuni uyushtirilgan, - mual.) kungi mashg'ulotlar Muskat klubiga qarashli stadionda olib boriladi. 15 yanvar kuni soat 18dan 20gacha Sulton Qobus stadioni yonidagi maydonda terma jamoamizning mashg'ulot o'tkazishi rejalashtirilgan. Xuddi shunday qolgan jamoalar ham jadval asosida mashg'ulotlarini tashkil etishadi.

- SHaxsan o'zingiz javobgar va masul bo'lgan Sulton Qobus stadionida muammolar yo'qmi?
- Bu stadionda Osiyo chempionatining ochilish va final uchrashuvi o'tkaziladi. 11 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 20.00da Ummon - Myanmar o'yini bo'lib o'tdi. Bu qita chempionatining ochilish uchrashuvi bo'lgani uchun undan oldin teatrlashtirilgan kichik sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Ummon futbol federaciyasi hamda musobaqa tashkiliy guruhi asosiy etiborini shu stadionga qaratgan. SHu boisdan, qolgan ikki stadionga qaraganda, Sulton Qobusning tayyorgarligi yaxshiroq. O'z bag'riga 28 ming tomoshabinni sig'dira oladi. Maydonning o'lchami 105X65 metrni tashkil qiladi. O'zi avvaliga maydon enini 68 metr qilmoqchi bo'lgandik. Bunda qanot hakamlarining bemalol yugurib harakat qilishi inobatga olingandi. Lekin FIFAning eng minimal talabi 65 metrda to'xtadik. Maydon chimi ham yaxshi holatda. Olimpiya stadioni bo'lgani uchun maydon atrofida engil atletika uchun mo'ljallangan yugurish yo'laklari bor. Endi kamchilikdan holi narsaning o'zi yo'q. Kichik muammolarni joyida bartaraf etishga harakat qilyapmiz. Ishtirokchi jamoalar Ummondan yuqori kayfiyatda ketishlari uchun bor imkoniyatni ishga solyapmiz.

- Stadionlarda OAV hodimlari uchun sharoitlar (Wi-Fi tizimi, mikst-zona) etarli darajadami?
- Bu har qanday musobaqaning birinchi galdagi talablari hisoblanadi. Bularsiz har qanday saviyadagi turnirni o'tkazmaymiz. Ummon telekompaniyasi bilan hamkorlikda Osiyo chempionatini yoritish uchun kelgan OAV hodimlari uchun simsiz (Wi-Fi) internet tizimini yo'lga qo'yildi. Adashmasam, soniyasiga 35 megabayt tezlikdagi paketlik shartnoma imzolandi. Har bir jurnalistga alohida individual kartochka berilgan. SHu kartochka orqali internet tizimiga ulanib, bemalol ishlash mumkin. Uchchala stadionda ham matbuot markazlari ishlab turibdi. Bevosita o'zim masul bo'lgan Sulton Qobus stadioni haqida gapiradigan bo'lsam, o'yinoldi va uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanlari shu stadionning o'zida o'tkaziladi. To'rttala guruh jamoalari bosh murabbiylari ishtirokidagi matbuot anjumanlari aynan Sulton Qobusda o'tkazilyapti. Masalan, kecha SHuhrat Maqsudov ishtirokidagi anjuman soat 12dan 12.30gacha vaqt oralig'ida bo'lib o'tdi. Mikst-zona, yani futbolchilardan intervyu olish uchun mo'ljallangan hududlarni ham tashkil qilganmiz.

- SHu paytgacha ishtirokchi jamoa vakillari va OAV hodimlari tomonidan tashkiliy qo'mita manziliga hech qanday etirozlar bo'lmadi.
- Musobaqa reglamentiga ko'ra, ishtirokchi mamlakat jamoalari chempionat boshlanishiga ikki kun qolganida kelishi kerak. OFK ana shu ikki kunlik mehmonxona harajatlarini to'laydi. Etirozlar aksariyat hollarda delegaciya tarkibida ko'p odam kelishi bilan bog'liq bo'lib qolyapti. OFK o'rnatilgan tartibda delegaciyaga mehmonxonada joy ajratadi. Saudiya Arabistoni, BAA, Eron kabi davlatlar esa belgilanganidan ham ko'p odam bilan kelishgan. Ular orasida O'zbekiston ham bor. Odam soni oshib ketsa, mehmonxona harajatlarini o'sha davlat federaciyasi qo'shimcha tarzda to'laydi. Odami ko'p delegaciyalar ro'yxatdan tashqarida bo'lganlarni ham rasmiy mehmonxonaga joylashtirishni talab qilishadi. Boshqa mehmonxonada turishdan bosh tortishadi. Bitta mehmonxonada to'rttadan sakkiztagacha terma jamoalar joylashtirilgani uchun bo'sh o'rinlar qolmagan bo'ladi. Bu kabi muammolar boshqa musobaqalarda ham bo'lib turadi. SHu bois, bundan ajablanmasa ham bo'ladi. Bu masalalar bilan shug'ullanadigan alohida ishchi guruhimiz bor. OAV hodimlaridan esa hozircha hech qanday etirozlar bo'lgani yo'q. Balki, Ummon futbol federaciyasi bilan bog'liq muammolar yuzaga chiqqandir, biz bundan bexabarmiz.

- Bu yosh toifasidagi chempionat ilk marotaba tashkil etilyapti. Balki, shuning uchun musobaqaga bo'lgan qiziqish biroz pastroqdek taassurot qoldirmoqda. Bu fikrga qo'shilasizmi?
- qiziqish pastligi rost. Lekin bu musobaqaning ilk marotaba o'tkazilishi bilan bog'liq emas. SHunchaki, bu yosh toifasidagi Osiyo chempionati hech qanday yo'llanma yoki imtiyoz bermaydi. SHuning uchun ham, musobaqaga qiziqish yuqori darajada emas. Masalan, o'smirlar (U-17) va yoshlar (U-19) o'rtasidagi qita birinchiliklarida yarim finalga etib kelgan terma jamoalari jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Tabiiyki, bunday musobaqaga qiziqish juda yuqori bo'ladi. Endi 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirokidagi ilk musobaqada bunday imtiyoz yo'q. Bu yosh toifasidagi keyingi chempionatda esa Olimpiada o'yinlari yo'llanmalari o'ynaladi. Faqat oradagi bitta musobaqamiz hech qanday imtiyozsiz o'tkaziladi. Nima uchun biz bu musobaqani har to'rt yilda emas, har ikki yilda o'tkazyapmiz? 19 yoshlilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar milliy terma jamoaga qo'shilib ketishida muammolar bo'lmasligi uchun shu yoshdagi turnir o'tkazilishi yo'lga qo'yildi. 16 va 19 yoshli futbolchilar o'rtasidagi qita chempionati har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladi. 22 yoshlilar turnirini ham sinab ko'ryapmiz. Bir yilda uchta musobaqa federaciyalarga ham og'irlik qilishini inobatga olib, 22 yoshlilar turnirini boshqa yilga qo'ydik. 2013 yildan 2014 yilga ko'chirganimizning sababi ham shu. CHunki, 16 va 19 yoshlilar chempionati bir yilda o'tkaziladi. Bir yilda uchchala musobaqaning ham final bosqichlari o'tkazilsa, qiziqish keskin pasayib ketadi. Ilk bor o'tkazilayotgani uchun bazi kamchiliklar bor. qisqa fursat bo'lgani uchun biz ham musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'ra olmadik. Yaqinda qo'mita yig'ilishi bo'ladi. SHunda biz o'z takliflarimizni OFK rahbariyatiga taqdim etamiz. Balki, to'rt yilda bir marotaba o'tkazilgani afzalroqmikan? Bu masala ko'rib chiqiladi. Lekin har qanday holatda ham kelasi galgi musobaqaga qiziqish juda yuqori bo'ladi. Yarim finalga etib kelgan to'rtta terma jamoaga 2016 yili Braziliyada o'tkaziladigan Yozgi olimpiada o'yinlari yo'llanmalari taqdim etiladi. SHuni inobatga olgan holda, aksariyat terma jamoalar 1991 yilda tug'ilgan futbolchilarni o'ynatish imkoniyati bo'lsada, Ummonga asosan 1993 yilgi tarkiblarini olib kelishgan. Jumladan, O'zbekistonda ham shunday holat. qo'mita qarori elon qilinmaguniga qadar 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatini har ikki yilda bir marotaba o'tkazib turamiz.

- Olimpiadaga yo'llanma bermaydigan yillardagi musobaqaga qiziqishni oshirish maqsadida qandaydir yangiliklar kiritish haqida o'ylamayapsizlarmi?
- Bu borada alohida guruh ishlayapti. Malumki, Jahon chempionati oldidan, aniqrog'i, bir yil avval har bir qita chempionlari ishtirokida Konfederaciyalar Kubogi o'tkaziladi. SHu orqali, o'sha mundial mezbonining tayyorgarligi tekshirib olinadi. OFK ham xuddi shu yo'ldan borishni maqsad qilgan. Unga ko'ra, 2019 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligini qo'lga kiritadigan davlatga bir yo'la 2018 yilgi 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi qita chempionati mezbongini ham avtomatik tarzda topshiriladi. Bu bilan o'sha mezbon mamlakatning tayyorgarligini ham ko'zdan kechirib olinadi. O'z o'rnida bu mezbon qidirishda ham qiyinchilik tug'dirmaydi. Ummonda o'tayotgan Osiyo chempionatiga oltita davlat davogarlik qilgandi. Bu mamlakatda hali yirik musobaqalar o'tkazilmaganligini inobatga olib, mezbonlik Ummonga taqdim etilgandi. Ko'ramiz, balki 22 yoshlilarning musobaqasini har to'rt yilda bir marotaba o'tkazarmiz. Bu masala ko'rib chiqilyapti. Har to'rtinchi yilida o'tkaziladigan chempionatimiz olimpiadaga saralash vazifasini o'tab bersa, oradagi ikki yildagisi Konfederaciyalar Kubogi maqomida bo'lib o'tadi.   

- Malumotlarga ko'ra, Osiyo Kubogi bilan JCH saralash turniri birlashtirish mumkin ekan. Bu haqda nima deya olasiz?
- 25 yanvar kuni aynan Ummon poytaxti Muskat shahrida OFK qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Jumladan, OFKning keyingi to'rt yillik taqvimi hamda musobaqalarni o'tkazish tizimi tasdiqlanadi. SHu yig'ilishda siz aytgan masala ham ko'rib chiqiladi. Har hil variantlar ko'rib chiqilyapti. Ikkita musobaqaning saralashini birlashtirish haqida ham ketyapti. Lekin bu juda murakkab jarayon. Taqvim, marketing, jamoalarning ishtiroki bilan bog'liq muammolar yuzaga keladi. OFKga 47ta davlat azo hisoblanadi. Lekin saralash bahslarida 46ta mamlakat terma jamoalari qatnashadi. SHimoliy Mariana OFKga azo bo'lgani bilan hali FIFAga qabul qilinmagan. SHuningdek, CHaqiriq Kubogi ham bor. Bu masalada maxsus ishchi guruh ish olib boryapti. Keraksiz o'yinlar sonini kamaytirish va buning natijasida moliyaviy tomondan ham iqtisod qilish masalalari ham kun tartibiga qo'yilyapti. OFKning yangi rahbari bizdan musobaqalarni o'tkazish bo'yicha yangi takliflarni beringlar, deb so'ragan. Takliflar va variantlar etarli. Aytib o'tganimdek, 26 yanvar kuni OFK Musobaqalarni o'tkazish qo'mitasining yig'ilishidan so'ng bu borada rasman malumot beriladi.

- Avaz aka, bir necha yillardan berib OFKda faoliyat yuritib kelyapsiz. SHu o'rinda qitamizning nufuzli tashkilotidagi mehnat faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz. Bu o'quvchilarimiz uchun ham qiziq.
- 2008 yilning iyun oyidan beri OFKda ishlab kelyapman. O'sha paytda to'rt yillik shartnoma imzolagandim. O'tgan yili bu kelishuvni yana ikki yilga uzaytirdik. Ilk faoliyatim Musobaqalarni o'tkazish bo'limida boshlangan. U paytlarda klub va terma jamoalarning musobaqa o'tkazish bo'limi deb ajratilmagandi. Bitta bo'limga birlashtirilgandi. 2008 yili Tojikistonda klublar o'rtasida o'tkazilgan OFK Prezidenti Kubogi ilk musobaqam bo'ldi. O'sha yili Saudiya Arabistonida 19 yoshlilar o'rtasidagi Osiyo chempionatini o'tkazdik. 2009 yili OFK Prezidenti Kubogi qirg'izistonda tashkil etildi. Men mana shu uchchala musobaqaning o'tkazilishiga masul shaxs bo'lganman. Bugungi kunda OFKning Terma jamoalar musobaqalarini o'tkazish bo'limida ishlayapman. Ayni paytda 22 yoshlilar musobaqasiga javobgarman. To'g'ri, OFKda Osiyo chempionatlarini o'tkazish bo'yicha alohida bo'lim ham bor. Lekin ular asosan mamuriy ishlari bilan shug'ullanishadi. 2015 yili Avstraliyada o'tkaziladigan osiyo Kubogini ham tashkil etish bizning bo'limimiz zimmasiga yuklatilgan. Terma jamoalar bilan ishlash menga har tomonlama maqul kelyapti. Juda qiziqarli jarayon. Hozircha ish joyimda hech qanday o'zgarish qilishga hojat yo'q. Avstraliyadagi Osiyo chempionatini o'tkazib olganimizdan so'ng, keyin o'sha paytdagi vaziyatga qarab ish tutaman.
 
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика