So’nggi yangiliklar

16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  1 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7

Avaz Agaliev: “Muxlislarning daldasi “Neftchi” uchun muhim” Yangiliklar

Avaz Agaliev: “Muxlislarning daldasi “Neftchi” uchun muhim”

Teglar :  Avaz AgalievNeftchi
“Neftchi” himoyachisi “Bunyodkor”ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

–  Bu yilgi Superliga bahslari o'zining keskin kurashlarga boyligi bilan ko'pchilikning etiborini tortmoqda. Undan tashqari barcha bellashuvda televidenie orqali jonli efirda ko'rsatilyapti. Bunga qanday munosabat bildira olasiz?

–     Bundan albatta xursandman! CHunki hammaning ham stadionga kelish imkoniyati bo'lmaydi. SHu bilan birga futbolni jamiyatda yanada ommalashtirish jarayoni ijobiy ko'rinish oladi. Avvallari faqat Toshkentdagi o'yinlar jonli efirda ko'rsatilardi. SHu sabab viloyat jamoalari futbolchilarini ko'pchilik tanimas edi. Umuman olganda translyaciyalarning joriy etilishiga ijobiy baho beraman.

– Milliy chempionatimizning nomi Oliy ligadan Superligaga o'zgardi. SHu qatori chempionatning saviyasi borasida ham o'sish kuzatildi deb o'ylaysizmi?


– CHempionatning nafaqat nomi balki o'zi ham o'zgardi. Hozir jamoalar xatto bir ochko uchun qattiq kurash olib borishmoqda. Ayni paytda durang natijaga erishish ham qiyin sanaladi. Misol uchun amaldagi chempion “Lokomotiv” o'z uyida durang o'ynadi, “Paxtakor” esa so'nggi turda mag'lub bo'ldi.

– O'tgan yilga nisbatan bu yil muxlislar stadionga ko'proq kelishmoqda. Ishqibozlar sonini stadionlarda yanada oshirish borasida yana nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?


– Muxlisga eng muhimi chiroyli futbol yoqadi. Agar maydondagi raqobat qizg'in kechsa, xar qanday ishqibozning etiborini torta oladi. Men shunday fikrdaman.


– “Neftchi”ni Farg'onada “Bunyodkor”ga qarshi o'yin kutmoqda…

–  Qiyin o'yin bo'ladi. “Bunyodkor”ga ham bizga ham oson raqobat kechmaydi deb o'ylayman. Farg'ona jamoasi safida ko'plab kuchli va mahoratli futbolchilar talaygina bo'lgani bilan baribir yangi tarkib hisoblanadi. O'yinimiz sekin-asta shakllanib bormoqda. “Nasaf”ga qarshi o'yinda qanday bellashgan bo'lsak, Toshkent klubi bilan ham mana shunday kurashamiz. Nasib qilsa, bo'lajak turda o'z g'alabamizni nishonlaymiz.

– Farg'onalik muxlislar haqida fikringiz?


– “Mashal” safida Vodiyga ko'p kelganman. Xar doim stadionlar to'lib toshadi. Muxlislar o'z jamoalarini ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab borishadi. O'zim ham “Neftchi”da to'p surib Vodiyda futbolga bo'lgan munosabat haqidagi fikrga yana bir bor amin bo'ldim. “Nasaf” bilan ochilish o'yinida muhitni ko'rdik. Muxlislikka gap yo'q. Futbolda ishqibozlarning daldasi katta ko'mak beradi. Umid qilamanki, “Bunyodkor” bilan uchrashuvda farg'onalik muxlislar stadionni to'ldirishadi va bizning haqiqiy 12-o'yinchimiz bo'lishadi.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика