Autsayderga yutqazgan "Rostov", Tulada g'olib bo'lgan "Zenit". Rossiya Premer-ligasi 16-tur yakuni
11 noy 2019 19:08
Yangiliklar


Autsayderga yutqazgan "Rostov", Tulada g'olib bo'lgan "Zenit". Rossiya Premer-ligasi 16-tur yakuni
Yana shuni takidlab o'tish lozimki, yakunlangan hafta musobaqada gollar qurg'oqchiligi yuzaga keldi. O'tkazilgan 8 uchrashuvda bor yo'g'i 14 ta gol urildi.
Quyidagilar bahsida sulh
Mamlakatning sovuq va qahraton shaharlaridan biri bo'lgan Ekaterinburgda joylashgan "Ural" klubi bu safar musobaqa jadvalida so'nggi pog'onalarda borayotgan Grozniyning "Axmat" jamoasi mehmoni bo'lishdi. Tengma-teng kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda har ikkala tomon ham yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanishda oqsashdi va o'yinda jangovar durang qayd etildi.
FK Akhmat |
Premier League . 16-tur 08/11/2019, 21:30 0
:
0
Tugadi
|
Ural |
Stadion: Akhmat-Arena
Raqobatchilar bellashuvida "Dinamo" g'olib
Turnir jadvali nuqtai-nazaridan muhim ahamiyatga ega bo'lgan kam sonli o'yinlardan bo'lgan bahsda tarkibida hamyurtimiz tajribali himoyachi Vitaliy Denisov harakat qilayotgan "Rubin" o'z uyida Moskvaning "Dinamo"sini mehmon qildi va kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Denisov maydonga tushmagan uchrashuv taqdirini mehmonlarning yosh umidli legioner azosi 20 yashar polyak Sebastyan SHimanski tomonidan kiritilgan gol hal qildi. Malumot o'rnida, keskin ruhda o'tgan o'yinda har ikkala jamoadan uchtadan futbolchi ogohlantirildi. SHuningdek, qozonliklardan Aleksandr Zuev hamda mehmon jamoadan Ivan Ordecga ikkinchi sariq karotochka ketidan qizili ko'rsatildi va maydondan chetlatildi.
Rubin Kazan |
Premier League . 16-tur 09/11/2019, 16:05 1
:
0
Tugadi
|
Dinamo Moscow Sebastian Szymanski - 23' |
Stadion: Kazan Arena
Autsayder jasorati
Anchadan beri ohirgi o'rinlarda izg'ib yurgan "Tambov" klubi endigi safarda "Rostov" mehmoni bo'ldi va kutilmaganda etakchi jamoa "Rostov"ni kuchli iroda evaziga engishga erishdi. Ushbu uchrashuv bilan qo'shib hisoblaganda vatandoshimiz Eldor SHomurodovning golsiz seriyasi to'rtta o'yinga etdi. Milliy terma jamoamiz hujum chizig'idagi asosiy figuralardan biri bo'lgan forvard ko'proq pleymeyker sifatida gavdalandi va bahs davomida uchta zargarona uzatmani amalga oshirish asnosida ikkita xavfli zarba berishga muvaffaq bo'ldi. O'yinga kelsak, oldiniga Byorn Sigurdarson bosh bilan chiroyli gol muallifiga aylandi va hisobni ochdi. Biroq, ikkinchi bo'limda nisbatan jonlangan mehmonlar raqib jamoa himoyachisining qo'pol xatosidan keyin Georgiy Melkadze tomonidan kiritilgan to'p bilan muvozanatni tiklashdi. 70-daqiqaga kelib, Vladimir Obuxov urgan gol natijasida erishilgan muvaffaqiyat yangi bosh murabbiy Sergey Pervushin qo'l ostida ketma-ket qo'lga kiritilgan uchinchi g'alaba bo'ldi.
FC Rostov Bjoern Sigurdarson - 7' |
Premier League . 16-tur 09/11/2019, 18:30 2
:
1
Tugadi
|
FC Tambov Georgi Melkadze - 52', Vladimir Obukhov - 70' |
Stadion: Rostov Arena, 25589 tomoshabin
"Spartak" yana g'olib
Vanihoyat, ikki yil avval chempion bo'lgan va joriy mavsum taxtga qaytishga axd qilgan "Spartak" o'tgan turdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin yana ishonchli hisobda g'alaba qozondi. Gollarga kelsak, o'yin boshida Evropaning top-5 ligalaridan Ispaniya, Italiya va Franciya ichki birinchiliklarida o'ynagan "Nyuells Old-Boyz" klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan argentinalik Esekel Ponse jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limning 82-daqiqasiga kelib esa, belgilangan 11 metrli jarima zarbasini mahalliy o'yinchi Zelimxan Bakaev aniq amalga oshirdi. Spartakchilar ushbu muvaffaqiyatdan so'ng, 6-o'ringacha ko'tarilib olishdi.
Spartak Moscow Ezequiel Ponce - 3', Zelimkhan Bakaev - 83' |
Premier League . 16-tur 09/11/2019, 21:05 0
:
2
Tugadi
|
Krylya Sovetov Samara |
Stadion: Otkrytiye Arena
O'rtamiyonalar to'qnashuvida durang
Musobaqa jadvalida bir-biriga juda yaqin joylashgan va deyarli bir hil ochko jamg'argan jamoalar "Orenburg" va "Ufa" bu turda o'zaro to'qnash kelishdi. Keskin kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda hisob ochilmadi. Ushbu o'yinda hamyurtimiz iqtidorli vinger Vadim Afonin bu safar ham ko'rinish bermadi. Qizig'i shundaki, Orenburg shahrining aynan shu nom bilan ataluvchi jamoasi durang orqali sakkizinchi qatordan 7-pog'onaga ko'tarilib oldi. Mehmonlar esa, egallab turgan o'rinlaridan bir qadam ham siljishmadi.
FC Orenburg |
Premier League . 16-tur 10/11/2019, 13:30 0
:
0
Tugadi
|
FC Ufa |
Stadion: Gazovik Stadium
Tulada mag'lubiyat
Tulaning "Arsenal" jamoasi o'z uyida Sankt-Peterburg azim shahrining "Zenit" klubini mehmon qildi va minimal hisobda mag'lub bo'ldi. Yana bir tengma-teng kurashlar ostida kechgan bahs taqdirini qitadoshimiz eronlik Sardor Azmun tomonidan urilgan gol hal qilib berdi. Bu vaziyatda u markaziy himoyachi Vyacheslav Karavaevning pasidan unumli foydalandi. Piterliklar qo'lga kiritilgan muhim g'alaba natijasida peshqadamligini mustahkamlab olgan bo'lsa, mehmonlar ikki pog'ona pastlashdi va turnir jadvalining ekvatoriga joylashishdi.
Arsenal Tula |
Premier League . 16-tur 10/11/2019, 16:00 1
:
0
Tugadi
|
Zenit St. Petersburg Sardar Azmoun - 63' |
Stadion: Arsenal Stadion
Autsayder yana mag'lub
So'nggi vaqtlarda hech o'ziga kelolmayotgan va ayanchli ahvolga tushib qolgan joriy mavsumda elitaga qaytgan musobaqa debyutanti "Sochi" bu safar o'z muxlislari qarshisida shonli tarixga ega mamlakatning gigant jamoalaridan biri bo'lgan CSKAga alamli tarzda yutqazib qo'ydi. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, oldiniga Andrey Mostovoy hisobni ochdi. Oradan to'qqiz daqiqa o'tar-o'tmas Mixa Mevlya avtogol muallifiga aylandi va o'rtadagi muvozanat tiklandi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarning uchinchisida Dmitriy Poloz yana jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, bu hali hammasi emas edi. O'yinning ikkinchi yarmi boshlarida, Ivan Oblyakov va Fyodor CHalov tomonidan kiritilgan gollar mehmonlarga muhim ochkoni taqdim etdi. Ushbu g'alabadan keyin moskvaliklar kuchli uchlikka qaytishga muvaffaq bo'lishdi.
PFC Sochi Andrey Mostovoy - 7', Dmitry Poloz - 45' |
Premier League . 16-tur 10/11/2019, 18:30 3
:
2
Tugadi
|
CSKA Moscow Miha Mevlja - 16', Ivan Oblyakov - 52', Fedor Chalov - 55' |
Stadion: Fisht Olympic Stadium
Etakchilar jangida murosa
O'tgan tur doirasida nisbatan kuchsiz ishtirokchilarga qarshi o'ynab, durangga imzo chekkan etakchilar qatorida borayotgan "Lokomotiv" va "Krasnodar" o'zaro 3 ochko uchun kurash olib borishdi. Keeskin va murosasiz olishuvlar ostida kechgan uchrashuvda murosa ko'chasi tanlandi. Dastavval, mezbonlarning Evropa top-klublarida o'ynagan va etarlicha tajriba orttirgan yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak jamoasini oldinga olib chiqdi. Ammo oradan olti daqiqa o'tmasidan shved futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan 33 yoshli forvard Markus Berg aniq zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. Ushbu natijadan keyin moskvaliklar bir pog'ona yuqorilab, 2-o'ringa chiqishdi. Sergey Matveev shogirdlari esa, aksincha bitta o'rin pastga joylashishdi.
Lokomotiv Moscow Grzegorz Krychowiak - 41' |
Premier League . 16-tur 10/11/2019, 21:00 1
:
1
Tugadi
|
FC Krasnodar Marcus Berg - 45' |
Stadion: RZD Arena
16-TURNING BARCHA NATIJALARI
TO'PURARLAR POYGASI
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar