So’nggi yangiliklar

19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  2 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  3 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  5 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  6 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  7 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  29 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

"australiascout.com": O'zbekiston terma jamoasining taktik sxemasi Yangiliklar

"australiascout.com": O'zbekiston terma jamoasining taktik sxemasi

Avstraliya futbol saytlaridan biri "australiascout.com" Osiyo Kubogi oldidan O'zbekiston terma jamoasi haqida maqola chop etdi.
Quyida ushbu taktik prevyuning tarjimasini keltirib o'tamiz.

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtiroki bilan iz qoldirgan. Bu safar ham shunday bo'lishi mumkin. Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov yaxshi jamoani shakllantira oldi. Umuman olganda, O'zbekiston musobaqada "qora tulpor"dek gap, ulardan nima kutishni oldindan aytish qiyin. Lekin guruhdan chiqa oladi desa bo'ladi.

Katta ehtimol bilan Qosimov 4-2-3-1 sxemasidan foydalanadi. Aslini olganda, turnirda eng ko'p foydalanadigan taktik sxema ham aynan 4-2-3-1 bo'lsa ajab emas. O'zbekiston termasi hozir yaxshi holatda, ular to'p bilan oldinga harakat qilishni maqul ko'rishadi. SHuningdek, jamoa to'psiz ham ko'p mehnat qiladi.

Himoyachilardan SHavkat Mullajonov bilan Anzur Ismoilov jismoniy jihatdan kuchli o'yinchilar, ular raqibni "yopib" qo'ya olishadi. Rossiya chempionatida o'ynayotgan chap qanot himoyachisi Vitaliy Denisov musobaqaning eng yaxshilari qatoridan joy olishi mumkin. O'ng qanotda esa Osiyo o'yinlarida qatnashgan Islom To'xtaxo'jaev harakat qiladi.

Yarim himoyada tajribali Temur Kapadze bor, u ko'proq orqaroqda harakat qiladi, uning yonida yana bir yaxshi tayanch futbolchisi Aziz Haydarov o'ynaydi. Bu ikki futbolchi qatoriga Odil Ahmedov ham qo'shilsa, qarabsizki maydon markazida o'ziga xos uchburchak yuzaga keladi. Odil Ahmedovni ko'pchilik bundan to'rt yil avvalgi musobaqa orqali bilib olgan. U to'p bilan oldinga juda yaxshi va tez harakat qiladi. Qolaversa, uzoqdan zarba berishni yoqtiradi. Qatarga qarshi ilk o'yinda uning golini bir eslab ko'ring-a.  

Odil Ahmedov shubhasiz terma jamoaning "oltin toji" hisoblanadi. U nafaqat markazdan, balki qanotlardan ham xavf tug'dirishi mumkin. Uning Yangi Zelandiya darvozasiga kiritgan ikkala goli ham chiroyli chiqqandi. Agar Ahmedov orqaroqda to'p tepsa, unda 10-raqamli futbolchi vazifasini Server Jeparov bajaradi. Kuchli raqiblarga qarshi bellashuvlarda Qosimov himoya chizig'ining old qismida ikki nafar tayanch yarim himoyachi bilan o'ynashni xush ko'radi. Bunda Jeparov chap qanotdan ko'ra markazga yaqinroq joydan o'rin oladi. Natijada Vitaliy Denisovda hujumga ko'proq qo'shilish varianti yuzaga keladi. Jeparov milliy terma safida 100dan oshiq o'yinda maydonga tushgan, ikki bor (2008, 2011) "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan. Terma jamoa tarkibida 23ta goli bilan to'purarlar ro'yxatida to'rtinchi o'rinda boryapti, uning ayniqsa yangicha soch turmagi jurnalistlar etiborini tortishi mumkin.

Hujumda kim o'ynaydi? Bu esa katta so'roq. Terma jamoaning eng asosiy hujumchisi Maksim SHackix ketganidan beri O'zbekiston hujum chizig'ida muammolarga duch kelyapti. Klubi safida 25 o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan Igor Sergeevning allaqachon o'zini ko'rsatadigan payt keldi. Ko'rinib turibdiki, Ahmedov orqaroqda o'ynagan bahslarda O'zbekiston gol urishga qiynalyapti. Bunda qanot yarim himoyachilari asosiy planga chiqib qolishmoqda, lekin ular doim ham bir tekis harakat qila olishmayapti. Ammo markazdan hujum qilganda O'zbekiston juda xavfli jamoaga aylanadi.

O'zbekiston terma jamoasi bor imkoniyatini ishga solsa, Osiyo Kubogida yarim finalgacha bora oladi. Ammo ular uchun bu musobaqada ishtirok etishdan asosiy maqsad Rossiyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga borish uchun hozirdanoq poydevor qo'yish hisoblanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика