So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  1 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

"australiascout.com": KXDR terma jamoasining taktik sxemasi Yangiliklar

"australiascout.com": KXDR terma jamoasining taktik sxemasi

Avstraliya futbol saytlaridan biri "australiascout.com" Osiyo Kubogi oldidan KXDR terma jamoasi haqida maqola chop etdi.
Bilasiz, O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvni aynan shu jamoaga qarshi 10 yanvar kuni o'tkazadi. SHu bois quyida ushbu taktik prevyuning tarjimasini keltirib o'tamiz.

KXDR, boshqacha aytganda SHimoliy Koreya terma jamoasi to'g'risida fikr bildirish nihoyatda qiyin. Ular ko'p o'tkazishmaydi, bo'lib ham mashg'ulotlarni yopiq usulda olib borishadi. KXDR JCH-2010da qatnashib, guruhdagi uchala o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi va o'z darvozasidan 12ta to'p o'tkazib yubordi. SHundan so'ng hukumat tomonidan terma jamoaga jiddiy "jazo" qo'llanildi degan gap tarqaldi.

Oradan ko'p o'tmay ularda avlodlar almashinuvi yuzaga keldi. Yoshlar tezda o'zlarini ko'rsata olishdi. KXDR U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlarida ikkinchi bo'ldi. U-19 Osiyo chempionatida ham ikkinchi, U-16 Osiyo chempionatida esa birinchi o'rinni egallashdi. Ko'rinib turibdiki, qita miqyosida SHimoliy Koreyaning turli yoshdagi jamoalari ijobiy natijalarni qo'lga kiritishmoqda.

"Reuters" axborot agentligining malum qilishicha, KXDR hukumati rahbari futbolga qiziqadi, terma jamoa o'yinlariga befarq emas. Milliy terma jamoadagi eng nomdor o'yinchi Pak Kvang Ryong hisoblanadi, u SHveycariyaning "Bazel" klubi bilan shartnoma imzolagan, biroq hozir ijara asosida "Vaduc" safida to'p tepmoqda. U hujum chizig'ida o'ynaydi.

Asosiy tarkibda maydonga tushadigan yana bir futbolchi bu darvozabon Ri Myong Gukdir. U bir necha yildan beri terma jamoa darvozasini qo'riqlab kelmoqda. Avvalgi bosh murabbiy Yung Jong Su U-23 terma jamoasi bilan Osiyo o'yinlarida qatnashdi va biroq g'alaba qozona olmagani uchun lavozimidan chetlatilib, o'rniga Jo Tong Sop tayinlandi.

Boshqa jamoalardan farqli o'laroq SHimoliy Kolreya termasi Avstraliyada yig'in tashkil qilmaydi, balki birinchi o'yinga yaqin qolganda "Yashil qita"ga etib borishadi. Bilasiz, Osiyo chempionati uchun 23 nafar futbolchi ro'yxatdan o'tkaziladi, biroq KXDR 22 futbolchi bilan boradigan bo'ldi. O'yinchilarning ism-familiyasi malum, biroq ularning texnik imkoniyatlari haqida bir narsa deyish qiyin. CHunki KXDR ko'p hollarda yopiq maydonlarda o'ynaydi va ularni kuzatish jurnalistlarga qiyinchilik tug'diradi.

Katta ehtimol bilan SHimoliy Koreya qita birinchiligi musobaqasida himoyaviy usulni tanlaydi. Ularga ko'proq 5-4-1 taktikasi maqul keladi. Ularning asosiy kuchi qarshi hujumlardan foydalanishga qaratiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика