So’nggi yangiliklar

10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  3 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  8 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  1 02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  13 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  7 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  6 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  16 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  11 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  13 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1

Maqola. "Augsburg" ustozining debyuti yana ortga surildi. Avval koronavirus, endi tish pastasi halal berdi Yangiliklar

Maqola. "Augsburg" ustozining debyuti yana ortga surildi. Avval koronavirus, endi tish pastasi halal berdi

Bundesliga davom etishi uchun asosiy shart - ishlab chiqilgan tibbiy qoidalarga to'liq rioya qilish edi.

"Kyoln"ning echki libosini kiyib yuradigan kishi qoidalarni buzdi va endi jamoa so'nggi 11 yilda birinchi marta maydonga maskotsiz tushadi.


"Augsburg" bosh murabbiyi Xayko Xerrlix karantinga rioya qilmadi - klub mehmonxonasini tark etib, qo'l uchun krem va tish pastasi olgani do'konga chiqdi. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, uning do'konga chiqishi ko'plab ovoragarchiliklarga sabab bo'libdi. Avvaliga u niqobini xonada qoldirdi, keyin ortga qaytib, uni taqib oldi. Do'konda esa kassirdan 20 evroni maydalab berishni so'radi. Germaniyadagi ko'plab magazinlarda masofa saqlash uchun xaridorlar aravachalardan foydalanishadi. Xerrlix esa buni unutdi va kassa oldiga kelganida aravacha uchun ortga qaytishiga to'g'ri keldi.


Murabbiy qoidalarni buzganini tan oldi va o'zini-o'zi jazoladi: U "Volfsburg"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.


"Mehmonxonani tark etib, xato qildim. Gigienaga talablariga rioya qilgan bo'lsamda, vaziyatni o'nglay olmayman. Bu holatda jamoa va jamotchilik uchun namuna bo'la olmadim. SHu sababli juma kuni mashg'ulotda va shanbadagi "Volfsburg"ga qarshi bahsda ishtirok etmayman" - dedi 48 yoshli murabbiy.

Xayko Xerrlix yaqin bir necha kun ichida koronavirus uchun qo'shimcha testlar topshiradi. Ikkita testda virus aniqlanmasa murabbiy "Augsburg" mashg'ulotlariga qaytadi.


Xerrlix murabbiylik faoliyatini 2005 yil Dortmundning "Borussiya" klubi yoshlar jamoasida boshlagan, shundan so'ng u Germaniya terma jamoasining turli yosh toifalarida ishladi. Mutaxassis kattalar futboliga 2009 yil, "Boxum" orqali kirib kelgan. Xerllixning so'nggi ish joyi "Bayer" bo'ldi, u jamoani 2017 yilning iyunidan 2018 yilning dekabrigacha boshqardi. Xerrlixning murabbiylik faoliyati hozircha futbolchiligidagi kabi muvaffaqiyatli bo'lmayapti. "Bayer" va Dortmundning "Borussiya"sida to'p tepgan Xayko 1997 yil CHempionlar ligasi g'olibiga aylangan. Bundan tashqari ikki marta Bundesliga va Germaniya Kubogida zafar quchgan. Forvard 1995 yil Germaniya chempionatida mavsumning eng yaxshi to'purariga bo'lgan.

"Volfsburg"ga qarshi bahs Xerrlix uchun "Augsburg"dagi debyut uchrashuv bo'lishi kerak edi. U 10 mart kuni - mavsum to'xtatilishidan oldin jamoaga kelgan. "Augsburg" "Bavariya"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng, avvalgi murabbiy Martin SHmidt istefoga chiqarilgandi. Jamoaning so'nggi 9ta uchrashuvdagi statistikasi juda yomon - 7ta mag'lubiyat, 1ta durang va 1ta g'alaba. Jamoa jadvalda 14-o'rinda va ularni xavfli zonadan 5 ochko ajratib turibdi.


Xerrlix vaziyatni o'nglashi uchun yaxshigina ter to'kishiga to'g'ri keladi. Ammo murabbiynig yangi jamoadagi debyuti yana ortga surildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика