Audi Cup.“Bavariya” “Fenerbahche” darvozasiga 6 ta gol urdi Yangiliklar

Audi Cup.“Bavariya” “Fenerbahche” darvozasiga 6 ta gol urdi

Audi Cup musobaqasi doirasida Niko Kovach boshqaruvidagi “Bavariya” klubi Turkiyaning “Fenerbahche” jamoasini sinovdan o'tkazdi.

O'yin davomida “Bavariya” azolari Renatu Sanshesh (22), Leon Goretska (28), Tomas Myuller (31, 44, penalti, 58) hamda Kingsli Koman (40) urgan gollarga turkiyaliklar Maks Kruzening (64) yagona goli bilan javob qaytardi.

SHu tariqa Myunxen klubi 31 iyul, chorshanba kuni bo'lib o'tadigan final bahsida “Tottenxem” bilan bahsga kirishadi. “Real” esa 3-o'rin uchun kechadigan bellashuvda “Fenerbahche” bilan o'ynaydi.

“Bavariya” — “Fenerbahche” 6:1

Gollar: 1:0 – Sanshesh (22), 2:0 – Goretcka (28), 3:0 – Myuller (31), 4:0 – Koman (40), 5:0 – Myuller (44), 6:0 – Myuller (58), 6:1 – Kruze (64).

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика