"Atletiko"ning bir yo'la ikki futbolchisi faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishi mumkin
25 may 2022 16:53
Yangiliklar
"Atletiko"ning bir yo'la ikki futbolchisi faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishi mumkin
"Nyukasl" rahbariyati jamoaga "Atletiko" o'yinchilari Renan Lodi va Yannik Karraskoni jalb qilishga qiziqmoqda.
"Nyukasl" Lodi uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor. Unga shuningdek "Yuventus" ham befarq emas.
Madridliklar ustozi Diego Simeone Karraskoning ketishiga qarshi, ammo futbolchining agenti unga yangi variantlar izlashni boshlab yubordi. Karraskoning "Atletiko" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
24 yoshli Lodi o'tgan mavsum La Liga doirasida 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi. 28 yoshli Karrasko esa 34ta bahsda 6ta gol va 6ta assistga erishdi.
Fikrlar