“Atletiko”ni mag'lub etadigan kim bor? Jamoa 21 o'yindan buyon La Ligada mag'lub bo'lmayapti
25 okt 2020 09:50
Yangiliklar


“Atletiko”ni mag'lub etadigan kim bor? Jamoa 21 o'yindan buyon La Ligada mag'lub bo'lmayapti
Ispaniya chempionati 7-turida “Atletiko” o'z maydonida “Betis”dan (2:0) ustun keldi.
Diego Simone jamoasi qatorasiga 21 uchrashuvdan buyon mag'lub bo'lmayapti – 12 g'alaba, 9 durang. Bu jamoa tarixidagi (La Liga doirasida) eng yaxshi ko'rsatkichdir.
So'nggi bor “Atletiko” 1 fevral kuni “Real”ga (0:1) imkoniyatni boy bergandi.
Ayni paytda Simone shogirdlari 11 ochko to'plab, La Liga turnir jadvalida 2-pog'onada borishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar