"Atletiko"ga "Napoli" hujumchisi kerak
08 jan 2020 23:32
Yangiliklar


"Atletiko"ga "Napoli" hujumchisi kerak
"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin.
AS xabariga ko'ra, "matraschilar" rahbariyati markaziy hujumchi qidirmoqda. Nomzodlar orasida 25 yoshli polshalik futbolchi ham bor. Ammo Neapol klubi prezidenti Aurelio De Laurentis Milikni sotishni istamayapti. U polshalik hujumchi bilan uzoq muddatga mo'ljallangan yangi shartnoma imzolash niyatida.
Eslatib o'tamiz, Arkadiushning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi. U A Seriyaning joriy mavsumida 7 gol urishga muvaffaq bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar