"Atletiko" Xames bilan shartnoma imzolay olmagan taqdirda Eriksenni sotib olmoqchi
19 iyu 2019 18:05
Yangiliklar


"Atletiko" Xames bilan shartnoma imzolay olmagan taqdirda Eriksenni sotib olmoqchi
"Atletiko" "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni sotib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Marca xabariga ko'ra, "matraschilar"ning "Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesga qiziqayotganligi va kolumbiyalik futbolchining o'zi ham "Atletiko"ga o'tishni xohlayotganligidan qatiy nazar transfer amalga oshmasligi mumkin.
Xamesning transferi uning joriy klubi oldindan o'rnatgan 50 million evrodan tushsagina amalga oshishi mumkin.
SHu munosabat bilan "Atletiko" daniyalik futbolchining varianti haqida o'ylab ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, Eriksenni o'z tarkibiga qo'shib olishni xohlayotganlar ichida Madridning yana bir "Real" ham bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar