"Atletiko" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Flik nima dedi?
03 dek 2025 08:25
Yangiliklar
"Atletiko" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Flik nima dedi?
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 19-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Atletiko" ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g'alabani izohladi.
Flikning takidlashicha, jamoa kuchli raqibga qarshi maydonga tushgani va bor kuch bilan kurashib, birdamlikni saqlagani muhim ahamiyat kasb etdi.
"Biz yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik, kurashdik va birdamligimizni ko'rsatdik — bu men uchun juda muhim edi. Men natijadan mamnunman. O'yinni ko'proq nazorat qildik, bo'sh zonalar va hujumlar uchun ko'proq imkoniyat yaratdik. "Atletiko" kabi jamoaga qarshi o'yinda shunday ishonchni his qilish — juda yaxshi", — deya Flikning so'zlarini "Marca" keltiradi.
Ispaniya chempionatida "Barselona" 37 ochko to'plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridning "Atletiko" jamoasi esa 31 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar