"Atletiko" 10 haftaga chetlatilgan Tripperga "Arsenal"dan o'rinbosar topdi
25 dek 2020 15:10
Yangiliklar


"Atletiko" 10 haftaga chetlatilgan Tripperga "Arsenal"dan o'rinbosar topdi
"Arsenal" fulbeki Ensli Meytlend-Naylz "Atletiko" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Madridliklar futbolchini yanvarda o'z saflariga qo'shib olishmoqchi. Angliyalik futbolchi Madridda 10 haftaga diskvalifikaciya qilingan vatandoshi Kiran Tripperning o'rnini egallashi mumkin.
Meytlend-Naylz anchadan buyon "Atletiko" qiziqishlari doirasida. "Matraschilar" 1 yil davomida futbolchini kuzatmoqda. Futbolchi ispanlarni o'zining universalligi, aynan o'ng qanot himoyasida, yarim himoyasida va vinger chiziqlarida o'ynashi bilan jalb qilmoqda.
Bundan tashqari, o'yinchi "Atletiko"da SHime Vrsalko va klubda yaqindagina debyut o'yinida gol urgan Rikard Sanches bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar