"Atletiko" so'nggi 6 o'yinda faqat bitta g'alabaga erishdi
08 noy 2021 00:58
Yangiliklar
"Atletiko" so'nggi 6 o'yinda faqat bitta g'alabaga erishdi
"Atletiko" Ispaniya chempionatining 13-turida "Valensiya" bilan durang o'ynadi (3:3), qo'shib berilgan daqiqalarda madridliklar o'z darvozasidan ikkita to'p o'tkazib yubordi.
Diego Simeone shogirdlari so'nggi olti o'yinda faqat bitta g'alabaga erishdi. "Matraschilar" CHempionlar ligasida ikki marta Liverpulga mag'lub bo'ldi hamda La Ligada uch bor durang o'ynadi.
Turnir jadvalida "Atletiko" peshqadam "Real"dan 4 ochko ortda qolgan holda to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar