"Atletiko" sardori 1 oyga safdan chiqdi
17 avg 2023 16:15
Yangiliklar
"Atletiko" sardori 1 oyga safdan chiqdi
"Atletiko" yarim himoyachisi Koke "Granada"ga qarshi Ispaniya chempionati 1-tur uchrashuvida jarohat oldi.
Bu haqda AS xabar berdi.
Futbolchi uchrashuvning 7-daqiqasidayoq maydonni tark etdi.
Futbolchiga sonning orqa qismi shikastlanishi tashxisi qo'yilgan. Uning tiklanishiga 1 oycha vaqt ketadi.
Kokening jarohati "matraschilar"ning kadrlar masalasini og'irlashtiradi. Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone avvalroq yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash zarurligini aytgandi.
"Atletiko" navbatdagi o'yinini 20 avgust kuni mehmonda "Betis"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
22:13
La Liga. "Real" o'z uyida "Las-Palmas"ni mag'lub etib, jadvalda birinchi o'ringa chiqib oldi 111
Fikrlar