"Atletiko" prezidenti Oblak haqida: "U dunyoning eng kuchli darvozaboni. Boshqa top-klublarning qiziqishi esa ajablanarli holat emas"
29 iyu 2020 10:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583754_original.jpg)
![](/upload/storage/583754_220.jpg)
"Atletiko" prezidenti Oblak haqida: "U dunyoning eng kuchli darvozaboni. Boshqa top-klublarning qiziqishi esa ajablanarli holat emas"
- "Atletiko" muxlislariga qiziq, Oblak klubda qoladimi yoki yo'q.
- Men uchun Oblak dunyoning eng kuchli darvozaboni. Muxlis kabi gapirmoqdaman.
- Yakunda Oblak qoladimi yoki ketadimi?
- Men doim aytganman, Oblakning "Atletiko" bilan shartnomasi bor va u dunyoning eng kuchli posboni. Unga boshqa katta klublar qiziqish bildirayotgani ajablanarli holat emas.
- Siz ikki yil oldin Antuan Grizmanning "Atletiko" o'yinchisi ekanligini va muhokama qilinadigan hech narsa yo'qligini aytgandingiz. SHundan so'ng francuz yozda qolgandi.
- Men har doim nimani aytsam, shuni gapiraman. Oblakning shartnomasi bor, u "Atletiko" o'yinchisi va hammasi shu, - deydi Sereso.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin "CHelsi" 27 yoshli sloveniyalik posbonning agenti bilan muzokaralar boshlagani haqida xabarlar yangragandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar