"Atletiko" prezidenti Grizmanning jamoadan ketishini xato qaror deb hisoblaydi
07 iyu 2019 16:30
Yangiliklar
"Atletiko" prezidenti Grizmanning jamoadan ketishini xato qaror deb hisoblaydi
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Antuan Grizmann ketishini elon qilgandan so'ng faoliyatini qaerda davom ettirishini bilmayotganligiga izoh berdi.
- Grizmann bu erda 5 yil o'ynadi va katta ish qildi. Uning kelajagi? Men uning qaerga borishini bilmayman. "Barselona"dan hech kim men bilan bog'lanmagan. Ilgari Antuan jamoada qolishiga ishonchim komil edi, ammo hozir emas. O'ylaymanki, "Atletiko"dan ketgani noto'g'ri qaror bo'ldi, lekin Grizmann unday deb o'ylamayapti, - deydi Sereso.
Grizmann "matraschilar" tarkibida 2014 yildan beri o'ynayotgan edi. U 2018/19 yilgi mavsum barcha turnirlarda 48ta o'yin o'tkazib, 21ta gol va 10ta assistni amalga oshirdi. transfermarkt.de futbolchini 150 million evroga baholamoqda.
Fikrlar