"Atletiko" o'zining eng muhim futbolchilaridan biri bilan yangi shartnoma tuzmoqchi emas
24 apr 2018 17:16
Yangiliklar
"Atletiko" o'zining eng muhim futbolchilaridan biri bilan yangi shartnoma tuzmoqchi emas
"Atletiko"dagilar jamoa darvozaboni Yan Oblak bilan yangi bitim imzolashga shoshilmayapti.
Malumotlarga ko'ra, amaldagi shartnomada tovon puli 100 mln. evro ekanligi "matraschilar" rahbariyatini qoniqtiradi, chunki ular Oblakka bunday pul to'lashga qodir jamoa borligiga ishonishmaydi. Darvozabonning "Atletiko" bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.
Oldinroq, sloveniyalikka PSJ qiziqish bildirgan edi.
Joriy mavsum 25 yoshli posbon LaLiganing 34ta uchrashuvida maydonga tushdi va 18ta gol o'tkazib yubordi.
Fikrlar