"Atletiko" o'yinchilari bir haftalik tatilga chiqishdi
13 mar 2020 18:00
Yangiliklar
"Atletiko" o'yinchilari bir haftalik tatilga chiqishdi
"Atletiko" futbolchilari mashg'ulot va o'yinlardan bir hafta dam olishlari mumkin.
Klub rahbarlari o'yinchilariga kichik tatil berishga qaror qilishdi. "Matraschilar" xo'jayinlari bunday qarorga Evropada avj olayotgan koronavirus sabab kelishdi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" CHL 1/8 final doirasida musobaqaning amaldagi g'olibi "Liverpul"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan holda chorak finalga yo'l olishdi.
Oldinroq, La Ligada koronavirus sababli 2ta tur o'yinlari qoldirilgani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
17:03
Evropa Ligasi yangi mavsumiga qura tashlandi: MYU "Portu" bilan, "Tottenxem" "Roma" bilan o'ynaydi 3
Fikrlar