“Atletiko” MYUni “Old Trafford”da enggan 6-ispan klubiga aylandi
16 mar 2022 09:50
Yangiliklar


“Atletiko” MYUni “Old Trafford”da enggan 6-ispan klubiga aylandi
CHempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida “Atletiko” safarda MYUni mag'lub etib, chorak finalga chiqdi.
“Matraschilar” evrokuboklar doirasida “Old Trafford”da “qizil iblislar” ustidan g'alabaga erishgan 6-ispan klubiga aylandi.
Avvalroq, “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Real”ga 2 marta yutqazgan (2000 yil, 2:3; 2013 yil, 1:2), shuningdek, “Deportivo” (2001 yil, 2:3), “Atletik” (2012, 2:3), “Sevilya” (2008, 1:2) hamda “Barselona” (2019, 0:1)ga mag'lub bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar