"Atletiko" MYUga Tripperning narxini ma'lum qildi

Alisher
4 avg 2021, 16:28
Madridning "Atletiko" klubi "Manchester Yunayted"ning himoyachi Kiran Tripper bilan shartnoma imzolash xohishiga munosabat bildirdi.

Ispaniya chempioni 40 million evrodan kam bo'lmagan mablag' taklif qilinsa, 30 yoshli angliyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Tripper "matraschilar" safiga "Tottenxem"dan 2019 yilning yozida o'tgan edi. Himoyachining klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'yinchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca