"Atletiko" MYU qiziqayotgan Saulning narxini tushirdi. U endi 102 million evro
14 dek 2019 12:44
Yangiliklar


"Atletiko" MYU qiziqayotgan Saulning narxini tushirdi. U endi 102 million evro
"Atletiko" yarim himoyachi Saul Nigesning narxini tushirishga va uni 85 million funt (deyarli 102 million evro)ga sotishga tayyor.
Saulning tovon puli 150 million evro hisoblanadi, ammo ispaniyalik futbolchi yaqin transfer oynasida jamoadan ketishni istasa, "Atletiko" uni ushlab turmaydi va kamroq narxga ham qo'yib yuboradi.
Saulning "matraschilar" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan.
Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga "Manchester Yunayted" jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. Yarim himoyachini shuningdek "CHelsi" va "Barselona" klublari ham qiziqmoqda.
25 yoshli Saul joriy mavsum "Atletiko" safida barcha turnirlarda 21ta o'yin o'tkazib, 1ta golga mualliflik qilgan.
Eslatib o'tamiz, Saul "Atletiko"da 2010 yildan beri o'ynamoqda va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar