“Atletiko M”ga Maksi Gomes kerak
08 dek 2018 09:26
Yangiliklar
22 yoshli Urugvay terma jamoasi hujumchisi Maksi Gomes “Atletiko Madrid” qiziqishlari doirasiga tushdi. Madridliklar uni yaqinda jarohat olib, uch oy muddatga safdan chiqqan Diego Kosta o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda. “Selta” futbolchiga 50 mln evro tovon puli belgilagan. Maksi joriy mavsum La Liganing 12 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
17:11
"Al Nassr" himoyachisi Evropaga qaytish uchun maoshi sezilarli darajada kamayishiga ham rozi 5
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar