“Atletiko” mavsum so'ngida Rakitichni sotib olmoqchi
16 dek 2013 10:41
Yangiliklar


“Atletiko” mavsum so'ngida Rakitichni sotib olmoqchi
“Sevilya” klubining hujumdagi yarim himoyachisi Ivan Rakitich, “Atletiko” klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Madridliklar alla qachon 25 yoshli Xorvatiya terma jamoasi futbolchisining agenti bilan muzokarani boshlab yuborishgan va kelasi yozda shartnoma tuzishlari ham mumkin, deb xabar beradi Inside Spanish Football.
“Sevilya” esa Rakitich bilan 2015 yilning iyunigacha yangi shartnoma imzolamoqchi.
Avval berilgan xabarlarda, yarim himoyachiga “CHelsi” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqayotgani aytib o'tilgan edi.
Ushbu mavsum Ispaniya chempionatining 14 ta o'yinida ishtirok etgan Rakitich, 7 ta gol va 6 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar