"Atletiko" Lyakazettni qo'lga kiritmoqchi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2021, 21:11
Madridning "Atletiko" klubi "Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazettga qiziqish bildirmoqda.

Hozirda Diego Simeone jamoasiga markaziy hujumchi qidirmoqda va shu sababli francuz futbolchisiga e'tibor qaratgan. "Arsenal" esa shartnomasi yakunlanishiga atigi bir yil qolgan forvard bilan xayrlashishga qarshi emas.

Eslatib o'tamiz, Lyakazett 2017 yilda "Lion"dan 53 million evro evaziga Arsenalga ko'chib o'tgandi. O'tgan mavsumda u Premer-ligada 31 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi hamda ikkita golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo