"Atletiko" Lorente bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirdi
19 avg 2021 09:42
Yangiliklar
"Atletiko" Lorente bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirdi
Yarim himoyachi Markos Lorente "Atletiko"dagi faoliyatini davom ettiradi.
26 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2027 yilgacha uzaytirildi.
"Real"ning sobiq futbolchisi 2019/20 yilgi mavsumda jamoaga kelib qo'shilgan va hozirgacha 82 ta o'yin o'tkazgan.
U o'tgan mavsumda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshira olgan.
Fikrlar