"Atletiko" "Liverpul" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
14 may 2021 18:24
Yangiliklar
"Atletiko" "Liverpul" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
"Liverpul" yarim himoyachisi Nabi Keyta faoliyatini ispan top-klubida davom ettirishi mumkin.
26 yoshli gvineyalik futbolchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" ustozi Diego Simeone Keytaning taklif etilishida bosh tashabbuskordir.
Yarim himoyachi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushdi.
Keytaning Mersisayd klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar