"Atletiko" "Lester" himoyachisi bilan kelishuvga erishdi
25 apr 2023 10:25
Yangiliklar
"Atletiko" "Lester" himoyachisi bilan kelishuvga erishdi
"Atletiko" rahbarlari yozda erkin agent sifatida "matraschilar" lageriga ko'chib o'tadigan "Lester" va Turkiya terma jamoasi himoyachisi CHaglar Soyunju bilan shartnoma borasida kelishib olishdi.
Nufuzli insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, kelishuvning barcha tafsilotlari allaqachon kelishib olingan. 26 yoshli turkiyalik futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida "Atletiko" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Soyunjuning "matraschilar" bilan kelishuvi 2027 yilning iyunigacha hisoblab chiqiladi.
Eslatib o'tamiz, Madrid klubi yozda himoyachini olmoqchi bo'lgan, biroq o'shanda "tulkilar" bilan kelisha olmagandi.
CHaglar joriy mavsum "Lester" safida APLda 4 ta o'yin o'tkazdi va 2 ta sariq kartochka oldi.
Fikrlar