"Atletiko" Lemar bilan shartnomani uzaytirishga yaqin. Francuz maoshining 50 foizga qisqarishiga tayyor
23 iyu 2022 10:38
Yangiliklar
"Atletiko" Lemar bilan shartnomani uzaytirishga yaqin. Francuz maoshining 50 foizga qisqarishiga tayyor
"Atletiko" o'z tarkibida yarim himoyachi Toma Lemarni saqlab qolmoqchi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Lemar "Atletiko"da o'ynashni davom ettirish uchun maoshining 50 foizga qisqarishiga rozi bo'ldi. SHunday ekan, klub va o'yinchi tez orada 2027 yilga qadar yangi shartnoma imzolashadi.
Lemar Madrid klubiga 2018 yilning yozida "Monako"dan o'tgan edi.
Xavbek o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar