"Atletiko" Kunyani ijaraga berib yubordi
25 dek 2022 23:09
Yangiliklar
"Atletiko" Kunyani ijaraga berib yubordi
Hujumchi Mateus Kunya "Atletiko"ni tark etib, Angliyaga yo'l oladi.
"Vulverxempton" 23 yoshli futbolchining transferini elon qildi.
Braziliyalik futbolchi mavsum oxirigacha ijaraga olingan va malum shartlarga ko'ra to'g'ridan-to'g'ri ravishda sotib olinadi. Bunda u bilan tuzilgan shartnoma 2027 yilgacha amal qiladi.
Avvalroq Kunyaning transferi "bo'rilar"ga 40-50 million evroga tushishi xabar qilingandi.
Joriy mavsum hujumchi La Ligada 11 uchrashuvda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar