"Atletiko" kuchayishda davom etadi. Klub yana bir transferga qo'l urdi
18 iyu 2019 17:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/507211_original.jpg)
![](/upload/storage/507211_220.jpg)
"Atletiko" kuchayishda davom etadi. Klub yana bir transferga qo'l urdi
Madridning "Atletiko" klubi "Espanol" himoyachisi Mario Ermosoning transferini elon qildi.
Bu haqda Madrid klubining rasmiy "Twitter" sahifasi xabar bermoqda. "Atletiko" va Mario Ermoso 2024 yilgacha, yani 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Ermoso "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi faoliyati davomida "Valyadolid" klubida ham to'p surgan.
Himoyachi "matraschilar"ga qadar 2017-2019 yillar davomida "Espanol" sharafini himoya qilgan.
Futbolchi 2018 yildan etiboran Ispaniya terma jamoasi futbolchisi sanaladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar