"Atletiko" jamoasidan yana bir futbolchi ketadi, u 8 yil madridliklar sharafini himoya qildi
23 may 2019 20:00
Yangiliklar


"Atletiko" jamoasidan yana bir futbolchi ketadi, u 8 yil madridliklar sharafini himoya qildi
Himoyachi Xuanfran "Atletiko"dan ketishi to'g'risidagi xabarni tasdiqladi.
"Bu mening "Atletiko"dagi so'nggi kunlarim. Tez orada qaytaman, deb umid qilaman. Men shunday bo'lishini xohlayman. CHunki bu mening uyim. Bu erdagi yillar ishonib bo'lmas darajada ajoyib o'tdi – faoliyatimdagi eng yaxshi yillar.
Klub menga ko'p narsa berdi. Tez orada qaytaman, chunki "Atletiko" muxlisiman. Jamoaga yordam bermoqchiman", - deydi 34 yoshli futbolchi.
Xuanfran 2011 yili "Atletiko"ga "Osasuna" klubidan o'tgan. U madridliklar bilan 8 ta sovrinni qo'lga kiritdi. Ularni orasida Ispaniya chempionligi va 2 ta Evropa ligasi g'olibligi bor.
Avvalroq, "Atletiko"ni Antuan Grizmann va Diego Godin tark etishi malum qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar