"Atletiko" - Ispaniya superkubogi sohibi
23 avg 2014 02:31
Yangiliklar
"Atletiko" - Ispaniya superkubogi sohibi
Ispaniya superkubogi, javob o'yini.
"Atletiko" - "Real" 1:0
"Visente Kalderon" stadioni.
Gol: Mario Manjukich (2).
Atletiko: Moyya, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, Tiago, Gabi, Koke, Raul Garsiya (Saul Nigez, 90), Grizmann (Ximenes, 73), Mandjukich (K.Rodrigez, 85).
Real: Kasilyas, Varan, Ramos, Koentrao (Marselo, 70), Kroos (Ronaldo, 46), Benzema, Xames Rodrigez (Isko, 66), Beyl, Alonso, Karvaxal, Modrich.
Ogohlantirishlar: Tiago (16), Modrich (48), Koke (51), Alonso (52), Grizmann (68), Raul Garsiya (74), Isko (78), Ramos (89), Ronaldo (90).
CHetlatish: Luka Modrich (90).
Birinchi o'yin: ("Real" - "Atletiko" 1:1).
MATNLI TRANSLYACIYA
"Atletiko" muxlislarini ushbu sovrin bilan tabriklaymiz! "Real" jamoasi ishqibozlariga esa keyingi uchrashuvlarda omad tilab qolamiz! Etiboringiz uchun tashakkur! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol shaydolari! Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha...
Bo'ldi! Uchrashuv yakunlandi! "Atletiko" Ispaniya superkubogi sohibiga aylanmoqda!
90+4` Ronaldo raqibiga nisbatan qoidani buzdi. Ogohlantirish.
90+4` Burchak to'pi. Kasilyas ham jarima maydonchasi ichiga kelmoqda...
90+3` Karvaxalning oshirib bergan to'piga Ramos boshi bilan zarba bera olmadi.
90+3` "Real" hujumga o'tmoqda. So'nggi imkoniyatlaridan biri...
Luka Modrich qo'pol harakati uchun ikkinchi sariq kartochkani ishlab oldi va maydondan chetlatildi.
Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
90` Raul Garsiya o'rniga Saul Nigez tushirildi.
89` Ramos ham ogohlantirildi.
89` "Atletiko" to'pni "Real"ga bermayapti.
87` Krishtiano Ronaldo darvoza tomon zarba yo'llamoqchi bo'ldi. Ammo himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi...
85` Uchrashuv qahramoni bo'lib turgan Mario Manjukich o'z o'rnini Kristian Rodrigezga qoldirdi.
84` "Real"ning futbolchilarida ijodkorlik etishmayapti. Ronaldoda ham, Beylda ham...
83` Diego Simeone esa yordamchisiga tribunadan ko'rsatmalar bermoqda.
82` Karlo Anchelotti jim turib o'yinni kaztmoqda.
80` "Atletiko" jarima to'pidan samarali tarzda foydalana olmadi. "Real" ham javob qaytarmoqchi bo'ldi. Karvaxalning jarima maydonchasi tomon uzatib bergan to'pini Moyya egallab oldi.
78` Isko tushishini sariq kartochka bilan "nishonlamoqda".
77` "Real" hisobni tenglashtirishi mumkin bo'lgan vaziyatlarga ham ega bo'la olmayapti. Vaziyatlar deyarli yaratilmayapti. Hujumlar raqib tomonidan uzib qo'yilmoqda.
75` O'yin tezlashmoqda, jonlanmoqda. SHiddat yuqorilashmoqda. "Real" shoshmoqda. "Atletiko" qarshi hujumlarni kuchaytirmoqda...
74` Raul Garsiya sarik kartochkaga loyiq topildi.
73` "Atletiko"da o'zgarish. Grizmann o'rniga Ximenes tushdi.
72` K-O-K-E! Zarba! Juda kuchli va chiroyli zarba! Kasilyas bu vaziyatda jamoasiga yordam bera olmasdi, agarda to'p darvozaga aniq borganida...
71` "Real"da so'nggi o'zgarish. Koentrao o'rniga Marselo.
70` Krishtiano Ronaldoning jarima to'pidan tepgan zarbasi "jonli devor"gacha etib keldi.
69` Ko'rdik. Benzema jamoasi fodasiga jarima to'pi ishlab berdi. To'p oldida Ronaldo. Yana kim ham bo'lardi... Bu joy Beylning nuqtasi emas.
68` Karimjon Benzemani ko'rganlar bormi?
66` "Real" safida o'zgarish ruy berdi. Xames Rodrigez o'z o'rnini Iskoga bo'shatib berdi.
65` "Real"da ikkinchi qavatda bosh bilan o'ynay oladigan futbolchi etimayapti. Serxio Ramosga raqib himoyachilari "non berishmayapti"!
64` Ronaldo va undan keyin Beyl yiqilib tushdi. Lekin har ikkala vaziyatda ham hakam o'yin qoidasi buzilmadi deb topdi.
62` Karlo Anchelotti o'yinni diqqat bilan kuzatmoqda.
60` Ronaldo to'pni Benzema tomon uzatgandi. Lekin himoyachi bu vaziyatni nazorat qilib turgandi.
59` "Atletiko" hujum tashkillashtirdi. Burchak to'pidan so'ng yuzaga kelgan xavfli vaziyatni mehmonlar so'nggi pallada bartaraf eta olishdi.
57` Raul Garsiyaning "zambarakni o'qi"dek yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
56` Krishtiano Ronaldo yiqilib tushdi. Hakam bu vaziyatga etibor ham qaratmadi. Ronaldoning "nayrang"i o'tmadi.
54` "Atletiko"ning qanot bo'ylab uyushtirgan hujumini Karvaxal o'zining aniq harakati evaziga to'xtatib qoldi va jamoasi joniga oro kirdi.
53` Ikkinchi taym debyuti kartochkalar yomg'iri bilan boshlandi...
52` Xabi Alonso va Raul Garsiya to'qnashib ketdi. Navbatdagi sariq kartochka muallifi - Alonso.
51` Koke ham ogohlantirildi.
50` "Atletiko" hisobdagi farqni ikkitaga oshirishi mumkin edi...
50` RAUL GARSIYA!!!!!!!!!!!!!!! Tinib-tinchimas Raul Garsiya jarima maydonchasi ichidan to'pni darvozaga yo'lladi. Uning bergan zarbasi darvoza tusiniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga esa mezbonlar futbolchisi zarba bera olmadi.
49` Luka Modrich hakam tomonidan ogohlantirildi.
49` Karvaxalning qanotdan uzatib bergan to'pini raqib himoyachilari bartaraf etishdi.
48` Ronaldo tushishi bilanoq faollik ko'rsatishni boshladi. Lekin Xuanfran undan to'pni olib qo'yishni uddasidan chiqdi.
46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!
"Real" safida o'zgarish ruy bermoqda. Ronaldo maydonga tushmoqda. Krishtiano jamoadoshi Toni Kroosni almashtiradi.
Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!
Xavfli vaziyat! Xames Rodrigezning 16-metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza oldidan o'tib ketdi.
Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi!
45` Burchak oshirib berilgan to'pga tinib-tinchimas Raul Garsiya boshi bilan zarba berdi. Birozgina noaniq.
44` Raul Garsiyaning uzoqdan yo'llagan zarbasini Kasilyas qaytarishga erishdi. Burchak to'pi.
41` Varanning uzoqdan yo'llagan zarbasi qaerlargadir ketdi...
39` Xavfli vaziyat! Garet Beyl qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning Moyya qo'riqlayotgan darvoza tomon bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
36` Xames Rodrigezning boshi bilan bergan zarbasi darvozaga aniq bormadi. Kolumbiyalik futbolchi bundan g'azabda.
34` "Real" ketma-ket burchak to'plarini amalga oshirdi. Ikkala vaziyatda ham himoyaga qaytgan Mario Manjukich jonbozlik ko'rsatib xavfni bartaraf etdi.
32` "Atletiko"ning pozicion hujumi Mario Manjukichning qoida buzishi bilan yakunlandi.
30` "Real" tashabbusni o'z tomoniga og'dirib olgandek. Ketma-ket hujumlar va burchak to'plari. Lekin hozircha bular ham samara keltirmayapti.
28` Diego Simeone ushbu o'yinni qolgan daqiqalarini muxlislar qatoridan tomosha qiladigan bo'ldi.
27` Diego Simeone hakamdan norozi. Uning qarorlari Simeonega yoqmayotganini bildirdi. Diego Simeone oldiga kelgan hakamni boshiga urib qo'ydi. Yosh bolalarni o'rgandek...
26` "Real" jonlandi. Balki o'ziga keldi. Xames Rodrigez-Karvaxal-Xames Rodrigez "uchburchagi"dan so'ng kolumbiyalik futbolchi zarba bermoqchi bo'ldi. Lekin Moyya o'z o'rnida.
25` Beyl burchak to'pi ishlab oldi. Modrich-Karvaxal kombinaciyasini Moyya bartaraf etib qoldi.
23` Karim Benzema ham maydonda ekan. Hozir ekranda ko'rgandek bo'ldim.
21` "Atletiko"ning hujumlari keskin tus olmoqda. Jarima to'pidan oshirib berilgan to'pni Miranda oyog'i bilan Mario Manjukich tomon tashlab bermoqchi bo'ldi. Lekin to'p maydonni tark etib qoldi.
20` Serxio Ramos va Mario Manjukichning to'qnashuvlar seriyasi bugun ham davom etmoqda.
19` Luka Modrichning kuchli zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.
18` Tiago hakam tomoindan ogohlantirildi.
17` Koke Karvaxalga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Belgilangan jarima to'pini Xames Rodrigez amalga oshirdi. Jarima maydonchasi tomon etkazib berilgan to'pni Ramos darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Ammo o'xshamadi.
15` "Atletiko" hujum uyushtirdi. Grizmanning zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydondan chiqib ketdi. Lekin burchak to'pi mezbonlarga ish bermadi. "Real" to'pni yana o'z nazoratiga oldi. Lekin hujumdan darak yo'q.
13` To'p nazorati "Real" qo'lida. Lekin vaziyatlar yaratish borasida ular oqsashmoqda. "Atletiko" esa himoyada ishonchli tarzda harakat qilmoqda.
12` Beyl raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hozircha shunisi bilan esda qoldi, 100 millionlik futbolchi.
10` "Real"ning rejalari amalga oshmayapti. Ronaldoning yo'qligi sezilmoqda deysizmi? Bu fikrga qo'shilmay ilojimiz yo'q...
7` "Real" asta-sekin oldinga o'tishni boshlamoqda. Hozircha faqat to'pni o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtira olishmoqda.
5` "Atletiko" hujum qilish bilan ovora. "Real" hozircha hech narsa qila olmayapti.
3` "Real" hozircha himoyalanish bilan band. Grizmannning ajoyib pasini qabul qilib olgan Mario Manjukich jarima maydonchasiga kirmasdan zarba yo'lladi va hisobni ochdi. CHiroyli gol!
2` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARIO MANJUKICH!
2` "Atletiko" hujumkorlik bilan o'yinni boshladi. Ilk burchak to'pi. Raul Garsiyaning zarbasini Kasilyas ushlab oldi.
1` UCHRASHUV BOSHLANDI!
Uchrashuvni Sizlar bilan SHahboz Beg'amov kuzatib boradi.
Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Ispaniya superkubogining javob bahsi "Atletiko" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bu jamoalarning Madridda o'tgan birinchi uchrashuvida jamoalar 1:1 hisobida durang natijasini qayd etishgandi. "Visente Kalderon" stadionida kechadigan bellashuv Ispaniya superkubogi taqdirini hal etib beradi.
Uchrashuv soat 01:30da boshlanadi.
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar