"Atletiko" himoyachisi "Barselona"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
23 noy 2018 12:25
Yangiliklar


"Atletiko" himoyachisi "Barselona"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
"Atletiko" himoyachisi Xuanfran so'nggi mashg'ulotda o'zini yomon his qildi.
33 yoshli futbolchi oyog'ida og'riq borligini aytdi va uni kasalxonaga yuborishdi. Xuanfran u erda MRT qilindi.
Malumotlarga ko'ra, futbolchida mushak shikastlanishi aniqlandi. SHunday qilib, uning "Barselona"ga qarshi bahsda ishtiroki so'roq ostida.
Joriy mavsum himoyachi "Atletiko" safida 7ta o'yin o'tkazdi.
"Atletiko" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 13-tur uchrashuvi 24 noyabr kuni "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar