

Ma'lum bo'lishicha, Madrid klubi Memfis Depay borasida muzokaralar davom etayotgan paytda Ferran Torresning holati haqida ham so'ragan. Klub Ispaniya terma jamoasi a'zosini kuzatib bormoqda.
Mavsum oxirida "Vanda Metropolitano" egalari hujum chizig'ini qayta ko'rib chiqishni rejalashtirmoqda. Joau Feliks, Toma Lemar va Yannik Karraskoning kyetishi jamoada Torres uchun bo'sh joy ochishi mumkin.
"Barselona" yozda katta sotuvlarga majbur bo'lishi mumkin va Torres qurbon qilinadigan o'yinchilar qatorida bo'lishi ehtimoli yuqori.
Forvard bir yil avval yanvarda "Manchester Siti"da 55 mln evro evaziga xarid qilingandi. U shu paytgacha 49 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.



