So’nggi yangiliklar

15:50Расман: Ўзбек телеканаллари Ла Лига, А Серия ва Англия Кубогини намойиш этади  11 15:32Кингсли Коман "Ал Насср"га ўтди — Here We Go!  2 15:03Here we go: "Манчестер Сити" ўз футболчисини "Эвертон"га ижарага бермоқда  2 13:33Иско жиддий жароҳат олди  1 13:05Япония терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурар вафот этди  0 12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  5 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  1 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  3 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  6 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  7 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  4

"Atletiko" Feliksning o'rniga ikki nafar o'rinbosar topdi Yangiliklar

"Atletiko" Feliksning o'rniga ikki nafar o'rinbosar topdi

Avvalroq habar berganimizdek, qishki transferlar oynasida Joau Feliksning "Atletiko"dan ketishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi.

Bunga sabab Feliksning Diego Simeone bilan bo'lgan kelishmovchiliklari. Joau klub rahbariyatiga jamoadan ketmoqchi ekanligini aytib ulgurgan, rahbariyat esa u o'zini boshqa bir klubda sinab ko'rishiga qarshi emas, chunki Feliks transferi orqali jamoaning moliyaviy holati yaxshilanishi kutilmoqda.


AS gazetasining habar berishicha, "Matraschilar" qishqi transfer oynasida Joau Feliks transferidan 100 million evro ishlab olishni ko'zlamoqda, transferdan tushgan pullar evaziga jamoa moliyaviy holatini yaxshilamoqchi va bir nechta yangi o'yinchi sotib olishni niyat qilgan va Simeone uchun Feliksning o'rnini bosadigan ikki nafar o'yinchi ham tayyor, ular:


Markus Tyuram: Franciyalik hujumchining "Borussiya" M jamoasi bilan shartnomasi 2023 yil yozida yakuniga etadi va Tyuramning jamoadan ketishi deyarli aniq. "Atletiko" esa francuzni qishda o'z safiga ko'shib olmoqchi. Bu mavsum Tyuram barcha musobaqalarda 15 o'yin o'tkazib, 10ta gol va 3ta assist amalga oshirdi va jahon chempionatida 5ta uchrashuvda ishtirok etib 2ta golli pasni o'z nomiga yozdirib qo'ydi.


Enes Unal: "Xetafe" forvardi so'nggi yillarda, La liganing eng stabil huchumchilaridan biri hisoblanadi va bu mavsum 14ta uchrashuvda 4ta gol va 2ta assist amalga oshirdi. Diego Simeone o'ni o'z jamoasida ko'rishni istaydi, chunki Simeonening taktik sxemasiga turkiyalik o'yinchi mos tushadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика