"Atletiko" Feliks bilan rekord darajada tovon puli ko'rsatilgan shartnoma tuzadi
22 iyu 2019 18:19
Yangiliklar


"Atletiko" Feliks bilan rekord darajada tovon puli ko'rsatilgan shartnoma tuzadi
"Benfika" yarim himoyachisi Joau Feliks "Atletiko"ga o'tishga yaqin.
Madrid klubi 19 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolar ekan, unda tovon puli 350 million evro sifatida ko'rsatiladi.
Bu "Atletiko" uchun rekord hisoblanadi. Oldinroq "matraschilar" hujumchilari Diego Kosta va Antuan Grizmannlar 200 million evro tovon pulini o'z ichiga olgan shartnoma imzolagan edilar.
SHuni ham aytib o'tish kerakki, "Atletiko" portugaliyalik futbolchini klub uchun rekord bo'lgan 120 million evro mablag' hisobiga sotib oladi. Feliksning yillik maoshi 6 millionni tashkil etadi.
Feliks yakunlangan mavsum Portugaliya chempionatida 26ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 7ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar