"Atletiko" Dembelening ijarasini uzaytirmoqchi
03 iyu 2021 13:02
Yangiliklar
"Atletiko" Dembelening ijarasini uzaytirmoqchi
"Lion" hujumchisi Mussa Dembele Madridning "Atletiko" klubida yana bir mavsum qolishi mumkin.
Klublar ijara shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda. Bundan tashqari, "Atletiko" bitimga futbolchini xarid qilish huquqini ham qo'shishni rejalashtirmoqda.
Dembele "Atletiko" tarkibida o'tgan mavsum atigi 7ta o'yinda maydonga tushdi va 140 daqiqa harakat qildi.
24 yoshli franciyalik futbolchining transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar