"Atletiko" "CHelsi"ni bitta transfer oynasining o'zida Oblak va Xavercni xarid qila olmaydi deb hisoblamoqda
30 iyu 2020 13:00
Yangiliklar
"Atletiko" "CHelsi"ni bitta transfer oynasining o'zida Oblak va Xavercni xarid qila olmaydi deb hisoblamoqda
"CHelsi" "Atletiko" darvozaboni Yan Oblakka qiziqmoqda.
Sport Bild jurnalisti Kristian Falkning malumotlariga ko'ra, "Atletiko" rahbariyati sloveniyalik futbolchiga ikki oydan beri London klubidan qiziqish bo'layotganini biladi.
Ammo, ispan klubi "CHelsi"ning bitta transferlar oynasida ham Oblak, ham "Bayer" xavbeki Kay Xaverc bilan shartnoma imzolashiga shubha bilan qaramoqda.
Oldinroq, "CHelsi"ning Oblakning agenti bilan muzokara boshlagani xabar qilingan edi. Madridliklar esa uni qo'yib yuborishmoqchi emas. 27 yoshli Oblakning "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Darvozabon joriy mavsum "Atletiko" tarkibida La Ligada 38ta o'yin o'tkazdi va ularning 17tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar