"Atletiko" Buffon bilan shartnoma imzolashga tayyor
12 iyu 2021 14:11
Yangiliklar
"Atletiko" Buffon bilan shartnoma imzolashga tayyor
Tajribali italiyalik darvozabon Janluiji Buffon ispan grandlari o'rtasida talabga ega bo'lmoqda.
43 yoshli futbolchi bilan Madridning "Atletiko" klubi shartnoma imzolamoqchi.
Buffon "Barselona"ning taklifini rad etganiga qaramay, "ko'k-anorranglilar" darvozabonga qiziqishni saqlab qolishgan.
"Qariya" uchun yana bir davogarlardan biri "Parma"dir, Jiji professional faoliyatini ushbu klubda boshlagan.
Buffon mavsum so'nggida Turinning "Yuventus" klubidan ketdi. Posbon ayni damda erkin agent maqomida.
Fikrlar