So’nggi yangiliklar

00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  3 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  1 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  9 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  35 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  12 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  26 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  266 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  6 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  39 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  28

"Atletiko" bosh direktori "Real"ni hakamlarga tasir ko'rsatishda ayblamoqda Yangiliklar

"Atletiko" bosh direktori "Real"ni hakamlarga tasir ko'rsatishda ayblamoqda

Teglar :  Real Atletiko
"Atletiko" klubi bosh direktori Migel Anxel Xil Marin "Real"ni Ispaniya kubogi doirasidagi o'zaro o'yinda hakamlarga tasir ko'rsatganlikda aybladi.

"Men hakamlarni juda hurmat qilaman va ishonamanki ularning niyatlari yaxshi. Ammo boshqa tomondan bo'layotgan ishlarni kuzatayotganlar shuni ko'rishlari mumkinki, so'nggi o'n yillik davomida deyarli bir hil vaziyat sodir bo'lmoqda. Afsuski, endi bundan xech kim hayron qolmayapti, bu yangilik bo'lmay qoldi. SHunchaki, bo'lgan ishlarni eslash kifoya. 

"Real" - atrofida kuchlilar to'plangan klub. Bu klub atrofida doimo turli manfaatlar turadi. Ular qaror qabul qiladigan insonlarga bosim qilishadi. Qaror qabul qiluvchilar agar "Real"ga xato qilib zarar etkazib qo'yishsa, ularni nima kutayotganligini bilishadi. 

Tizim shundayki, "Atletiko"ning yolg'iz o'zi buni o'zgartira olmaydi. Biz o'z yo'nalishimizni kuchaytirishimiz uchun raqobat qilishimiz, kurashishimiz, ishlashda davom etishimiz kerak. Stadion va klub libosining ranglari qaror qabul qilishda ahamiyatga ega bo'lmasligi lozim. 

Futbolchilarimiz "Real"ga qarshi o'yinda bunday bosimdan zarar ko'rishdi. 

Sebalosning ikkinchi sariq kartochkasi aniq edi, bahslashadigan vaziyat emasdi. "Real" o'z uyida, "Santyago Bernabeu"da, Ispaniya kubogi yarim finaliga chiqish uchun o'ynayapti. Ularni 10 kishi qilib qo'yish - jiddiy ish", - dedi Migel Marina. 

Eslatib o'tamiz, Ispaniya kubogi chorak final doirasidagi o'yinda "Atletiko" "Real"ga 1:3 hisobida yutqazdi. 

Hisobida bitta sariq kartochka bo'lgan "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos 71-daqiqada o'z jarima maydoni atrofida o'yin qoidasini buzdi. Hakam Sesar Soto Grado futbolchiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatmadi. Qo'shimcha vaqtda esa "Atletiko" himoyachisi Stefen Savichga bir necha daqiqa ichida ikkita sariq kartochka berib, maydondan chetlatdi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика