So’nggi yangiliklar

09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  0 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  27

"Atletiko" bilan derbida "Real"ni qutqarib qolgan yigitcha haqida 7ta fakt. Alvaro Rodriges kelajakda Benzemaning o'rnini bosadimi? (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Atletiko" bilan derbida "Real"ni qutqarib qolgan yigitcha haqida 7ta fakt. Alvaro Rodriges kelajakda Benzemaning o'rnini bosadimi? (mutolaa uchun)

Kattalar futbolidagi ajoyib debyut.

Real Madrid

Alvaro Rodriguez - 85'

LaLiga . 23-tur

25/02/2023, 21:30

1
:
1
Tugadi

Atletico Madrid

Jose Gimenez - 78'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 64721 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
7'  Eder Militao
56'  Nacho Fernandez
63'  Toni Kroos (Eduardo Camavinga)
63'  Marco Asensio (Aurelien Tchouameni)
63'  Daniel Ceballos (Luka Modric)
77'  Nacho Fernandez (Alvaro Rodriguez)
83'  Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)
85'  Alvaro Rodriguez
85'  Luka Modric
90'  Luka Modric
22'  Koke
23'  Reinildo (Jose Gimenez)
36'  Marcos Llorente
46'  Pablo Barrios (Angel Correa)
57'  Marcos Llorente (Thomas Lemar)
64'  Angel Correa
71'  Nahuel Molina
76'  Saul Niguez (Alvaro Morata)
77'  Koke (Axel Witsel)
78'  Jose Gimenez
78'  Antoine Griezmann



"Real" va "Atletiko" o'rtasidagi Madrid derbisi shanba kunining eng asosiy voqeasi bo'ldi. Jamoalar yorqin va sifatli futbol ko'rsatishdi — mehmonlar hujumchisi Korreaning bahsli chetlatishidan so'ng "Real" ustunlikni o'z qo'liga oldi, ammo kutilmaganda o'zi to'p o'tkazib yubordi. Uyda bitta ko'p bo'lib 0:1 o'ynash — jamoa uchun juda ham yoqimsiz vaziyat bo'lardi. Ammo, Karlo Anchelotti 77-daqiqada himoyachi Nachoning o'rniga 18 yoshli hujumchi Alvaro Rodrigesni tushirdi va u sakkiz daqiqadan so'ng Modrichning amalga oshirgan burchak zarbasidan so'ng to'pga sakrab boshi bilan zarba bergan holda hisobni tenglashtirdi.

Rodriges bunga bir hafta qolganda kattalar darajasida debyut qildi va buni ham ajoyib tarzda bajargandi — futbolchi "Osasuna" bilan o'yinda 89-daqiqada maydonga tushib, Rodrigoga uzatma berishga ulgurdi. Endilikda esa ikkinchi chiqish va muhim derbida hal qiluvchi debyut gol. Balki biz ehtimoliy katta yulduzning chaqnashini ko'rarmiz. Quyida Alvaroning biografiyasidan uni yaxshiroq tanib olishga yordam beradigan bir nechta faktlarni keltiramiz.


VIDEO  LaLiga. "Real Madrid" - "Atletiko Madrid" 1:1


Alvaro Rodriges — merosxo'r futbolchi. Uning bobosi Klimako Rodriges Urugvay terma jamoasida 5ta o'yin harakat qilgan, otasi Kukito Rodriges esa "Jirona"da o'ynagan, mahalliy ayolga uylangan va faoliyatini yakunlaganidan so'ng Ispaniyada qolgan.

Alvaro otasi tarafdan tarixiy vatanini tanlagan holda, Urugvay yoshlar terma jamoasida o'ynaydi. U yaqinda yoshlar o'rtasidagi Janubiy Amerika chempionatida ettita o'yinda beshta gol urgan holda finalga qadar etib bordi. SHuningdek yoshlar darajasidagi Boliviya darvozasiga xet-trik qayd etdi va Venesuela darvozasini ikki bor ishg'ol qilgan holda Urugvayga 20 yoshgacha bo'lgan jahon chempionatiga chiqishga yordam berdi.

Ammo, Alvaro futboldagi ilk qadamlarini aynan Ispanida tashladi — u Palamos shahrida tug'ilgan va faoliyatini mahalliy jamoada boshladi. Rodriges ko'plab Kataloniyaning iqtidorli o'smirlari kabi "Barselona"ning qalamida bor edi. Ammo, uni "La Masiya"ga olishmadi — yozishlaricha, bunga o'yin uslubi va "klub DNK"siga to'g'ri kelmaslik sabab bo'lgan.



Alvaro 2015 yildan 2020 yilga qadar "Xetafe"ning yoshlar jamoasida o'ynadi, 2020 yilda esa "Real" bilan shartnoma imzoladi va Raulning "Kastilya"siga borgunga qadar bir necha yoshlar darajalaridan o'tdi. Afsonaviy hujumchi esa tezda yosh iqtidorga to'g'ri yondashuvni topgan ko'rinadi — o'sish juda tez bo'ldi.

Rodriges 193 santimetr bo'yga qaramay, nafaqat markaziy hujumchi, balki vinger rolida ham o'ynashi mumkin. Raul uni bunday poziciyada tez-tez ishlatib ko'rgan. Balki shu sabab Alvaro joriy mavsum "Kastilya"da samaradorlik bo'yicha unchalik maqtana olmas — 16ta o'yinda beshta gol. Ammo, markazga o'tganda unga bitta yutug'i juda ham yordam beradi — chap oyoqdan ajoyib zarba.

Alvaro taqlid qilishi uchun namuna — vatandoshi Federiko Valverde. Yarim himoyachi Rodrigesga kundalik masalalarda yordam bermoqda va qimmatli maslahatlar bermoqda. Alvaroning o'zi ham tezroq Valverde bilan mamlakatning birinchi jamoasida birga o'ynashni orzu qiladi.



Rodriges birinchi jamoadagi ajoyib chiqishi bilan OAVning maqtovlariga loyiq bo'ldi. El Confidencial narshi jamoaga Benzemaning yoshi, Eden Azar va Mariano Diasning barqaror emasligi sabab hujumda yangi qon kerakligini yozmoqda. Bundan tashqari, "Real" Kilian Mbappeni qo'lga kirita olmadi, bu esa boshqa hujumchi izlashga majbur qiladi. Rodriges esa kuchaysa, shu rolni olishi mumkin. Hech bo'lmaganda "Atletiko" bilan o'yindan keyingi matbuot anjumanida Karlo Anchelotti Alvaro kelasi mavsum birinchi jamoaga ro'yxatga qo'yilishini malum qildi.


Sport-express.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика